4- guruh uchun tarqatma material
Iroda. Irodaviy harakatlar va irodaviy boshqarish. Irodani tarbiyalash.
Iroda – bu biror bir maksadga erishish uchun ichki va tashki tusiklarni,
kiyinchiliklarni yengish bilan uzidagi bor imkoniyatlarni, kuchlarni safarbar
qilish bilan boglik bo’lgan shaxs xususiyatidir. Iroda - bu kishining oldiga
ko’yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan
faoliyati va xulk-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi
demakdir. Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o’z
ehtiyojlariga ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladigan kishining mehnat
faoliyatida paydo bo’ladi.
Iroda o’zaro bog’lik ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash
vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi va ularda o’zini namoyon qiladi.
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan tahminlanadi. Harakat oldingi
vaziyat bilan bog’liq bo’lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o’laroq faollik
harakatning ayni o’zida namoyon bo’ladigan ichki xolatiga nisbatan subyektning
o’ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi. Kishining
harakatga undovchi mayillari mahlum bir yo’lga solingan sistemani oziq-
ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan yashirinish ehtiyojdan tortib to
mahnaviy, estetik va intellektual xis-tuyg’ularni boshidan kechirish bilan
bog’lik yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar iyerarxiyasini tashkil
etadi. Agar yuksak motivlar deb quyilari, shu jumladan, hayotiy, muhim
motivlar tusilishi va tutib turilishi yuz bersa, bu irodaning namoyon bo’lish
hisobiga bo’ladi.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaning xarakterli
ko’rinishlaridan biri.
Tavakkalchilik - bu subyekt uchun uning ichki nomahlum va muvaffa-
kiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo’ladigan noqulay oqibatlar (jazolash,
223
og’riq tahsirini o’tkazish, travma, obro’ni yo’qotish va shu kabi) haqidagi
tahminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir.
Tavakkalchilik
paytida
kutilayotgan
noxushlik
bunday
xolatdagi
muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg’unlashtirilishi
bilan belgilanadi. Tavakkalchilikning birinchi sababi va turi bu yutuqqa umid
bog’lash,
muvaffaqiyat
qozonilganda
kutilayotgan
kattalikning
muvaffaqqiyatsizliklar oqibati darajasida ortishidir.
Tavakkalchilikda oqlangan va oqlanmagan tavakkalchiliklar bo’lib, ular
bir-biridan farq qiladi. Oqlangan tavakkalchilik yakunning har qanday
noaniqligi va muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkinligiga qaramay oqlanmagan
tavakkalchilikdan farq qilib, irodaviy qarorga kelayotgan paytda barcha
«yoklovchi» va «qarshilarni», tavakkalchilik xatti-harakatini belgilovchi
motivlarning g’oyaviy va ahloqiy yuksakligi, oqilona ravishda o’ylab ko’rishni
va shunday qilib, harakatning xavfsizlik variantiga nisbatan xavfli variantini
afzal ko’rishni nazarda tutadi. Bunda harakat (ishning yakuni tasodifga) omad
keladi yeki kelmaydi bog’liq bo’ladigan yoki, aksincha, muvaffaqiyat tavakkal
qilayotgan kishining shaxsiy sifatlari (uning qobiliyatlari, qathiyligi,
malakalari va h. o) bilan belgilanadigan vaziyatlar bo’lishi mumkin.
Tavakkalchilikning ikkinchi turi «vaziyat usti» yoki «xolis niyatli”
tavakkalchilik deb, yoki bo’lmasa «tavakkalchilikni deb tavakkalchilik» qilish
demakdir
Ehtiyojlar
bir
xil
harakatlarning
bajarilishini
belgilaydigan
va
boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil sabablarga (motivlarga)
aylanadi. Irodaviy harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko’pmi darajada
anglanilgan xarakterda bo’ladi.
U yoki bu ehtiyojning kanchalik anglanilganiga bog’lik xolda intilish va
istakni ham farq qilsa bo’ladi.
Intilish - xali differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanil-magan
ehtiyojdan iborat faoliyat motividir.
Istak - faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada tushunib
yetilganligi bilan xarakterlanadi.
Irodaviy aktning eng muhim bo’g’inlari - qaror qabo’l qilish va uni ijro
etish ko’pincha alohida xissiy xolatning irodaviy zo’r berish sifatida
tavsiflanadigan xolatning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Irodaviy zo’r berish
bu xissiy hayajon shakli bo’lib, kishining harakatga qo’shimcha motivlarni
vujudga keltiruvchi, gohida yo’q bo’luvchi yoki yetarli bo’lmovchi ichki
resurslarini (xotirasi, tafakkuri, hayoli va boshqalar) safarbar etuvchi va ancha
zo’rayish xolati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir.
Irodaviy zo’r berish natijasida bir xil motivlarning harakatini to’xtatib
ko’yib, boshqalarining harakatini xaddan ziyod kuchaytirish mumkin bo’ladi.
Irodaviy kuch-g’ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo’rquv, charchash
kabilar ustidan qozonilgan g’alaba anchagina xissiy zavq beradi.
Tashqi to’siq yengib o’tish lozim bo’lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik
kabi boshdan kechiriladigan bo’lsa u irodaviy zo’r berishni talab qiladi.
224
Irodaviy faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli
tuzilma va o’z-o’zini boshqarish sifatida eng avvalo o’ziga, o’z xissiyotlariga,
xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil odamlarda har
xil darajada ifodalanadi. Oddiy ong o’zining namoyon bo’lishi tezligiga qarab
farqlanadigan, bir qutibda irodaning kuchi, boshqa birovda esa kuchsizligini
ifodalaydigan narsaning individual xususiyatlarining spektrini qayd qiladi.
Kuchli irodaga ega bo’lgan kishi qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarida
uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog’da qathiylik,
mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi
sust kishilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qathiyatlik, sabot-matonat
ko’rsatmaydilar, hulq-atvor va faoliyatning yanada yuksak, mahnaviy jixatdan
oqlangan motivlari uchun o’zlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik mayilni
yo’qota olmaydilar.
Irodasi sustlikning namoyon bo’lish doirasi xuddi kuchli irodaning
xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi
psixika normasi chegarasidan tashqarida bo’ladi. Abo’liya va apraksiya,
masalan, shunga kiradi.
Abo’liya - bu miya potologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga
intilishning yo’qligi, harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabo’l qilish
zarurligini tushungan xolda shunday qilaolmaslikdir.
Vrachning aytganini bajarish zarurligini aniq faxmlagan abo’liya-ga
mubtalo bo’lgan bemor buning uchun biron narsani qilishga o’zini majbur qila
olmaydi. Tabiiy hulq-atvor uning uchun eng xarak-terlidir.
Apraksiya - miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan
harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishi-dir. Agar nerv
to’qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida to’xtab qolsa, xatti-
harakatlarni erkin to’g’rilashni buzilishida namoyon bo’ladigan apraksiya
boshlanadi. Bu harakatlar berilgan programma va binobarin, irodaviy aktning
bajarilishini qiyinlashtirib qo’yadi.
Irodaviy fazilatni baholash «kuchli-kuchsiz» ulchovi bilan ifodalan-masligi
kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar xal qiluvchi bo’lmasa ham,
muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko’rinishlar xarakte-ristikasi, ularning
mahnaviy bahosi irodaviy akt amalga oshirili-shining asosiga quyilgan
motivlarning sosial ahamiyatiga bog’liq. Mahnaviy jixatdan tarbiyalangan
irodali kishi eng avvalo o’zining individual intilishlarini irodaga va kollektiv
obro’-ehtiboriga, jamiyat manfaatlariga bo’ysundiradigan jamoachidir.
Irodani tarbiyalash xususida so’z yuritganda irodani mustaqil tarbiyalash
usullari har xil bo’lishi va ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishini
bilishimiz lozim: irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
etishni odat qilishdan boshlash kerak; qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf
etish mahlum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi; qabo’l qilingan
qaror bajarilishi kerak; agar kishi uzoqqa muljallangan maqsadni oldiga qo’ygan
taqdirda uzoq istiqbolni nazarda to’tishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini
ko’rishi, yaqin kelajakka muljallangan istiqbolni ko’ra olish. Irodani
tarbiyalash to’g’risida gapirilar ekan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi
225
faqat u yoki bu irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan
narsaning real bajarilish sharti sifatidagi tegishli ko’nikmalarning borligiga,
qo’yilgan maqsadlarga erishilishiga bog’liq ekanligini unutmaslik kerak.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilat-larining
rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u
bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida,
kollektivdan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |