Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Oltingugurt birikmalarning biologik sikli



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Microbiology

1. Oltingugurt birikmalarning biologik sikli.
Oltingugurt ozuqa 
elementlaridan zaruriysidir. Tuproqda oltingugurt asosan sulfat (kaliy sulfat, 
kalsiy sulfat, natriy sulfat, ammoniy sulfat) va sulfid (temir, natriy, rux va 
boshqa elementlar sulfidlari) holatida uchraydi. Oltingugurt oqsil tarkibiga 


kiruvchi metionin, sistin, sistein aminokislotalari tarkibiga kiradi va oqsil 
sintezida sulfgidrid boglari yordamida aminokislotalar, birikishini vujudga 
keladi. Bu oqsillar o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar hujayralarida 
mavjuddir. Oltingugurtning organik va anorganik shakllari tuproqda 
mikroorganizmlar ta’sirida turli o‘zgarishlarga uchraydi, bunga tashqi muhit 
ta’siri ham bo‘ladi. Bularning aylanishida asosan aerob Tiobakteriyalar va 
anaerob Disulfovibrio bakteriyalari ishtirok etadilar. O‘simliklar sulfatni 
o‘zlashtiradi va uni organik birikma tarkibiga o‘tkazadi. Hayvonlar va 
bakteriyalar uni vodorod sulfidga aylantiradilar, oltingugurt bakteriyalari yana 
sulfat holatga aylantiradilar. 
2. Anorganik oltingugurt birikmalari oksidlanishi va qaytarilishiga.
Qaytarilgan oltingugurtning faol oksidlovchilari tion bakteriyalarining ko‘pgina 
turlari, fotosintezlovchi purpur va yashil oltingugurt bakteriyalari, 
sianobakteriyalar hamda Basillalar, Psevdomonas, aktimonomisetlar va 
zamburuglar (penisillium, Aspergillis) kabi xemoorganogeterotrof organizmlar. 
Tuproqda oltingugurtni oksidlovchi mikroblardan Tiobakteriyalar keng 
tarqalgandir. Oltingugurt oksidlanishi. 
S---S

O
3
-2
----S
4
O
6
2-
---- S
3
O
6
2-
---SO
3
2-
----SO
4
2- 
tiosulfat tetrotionat tririonat sulfit sulfat
hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Hozirgi zamon tushunchasi bo‘yicha muhitdan 
oltingugurt Triobakteriyalarning volyutin bilan to‘lgan hujayra vakuolasiga 
diffuziya yo‘li bilan kiradi va kerakli vaqtda uning muxtojligiga qarab 
oksidlanadi. 
Tiobakteriyalar (T.denitrifikanasdan boshqalari) obligat aerob 
hisoblanadilar. Ular rangsiz bir hujayralik (Agromatkum, Tiobakterkum, 
Makromonas, Tiospira va x.k. avlod vakillari) sferik, ovalsimon, 
tayoqchasimon va egilgan shaklda, xarakatchan va xarakatsiz grammanfiy 
organizmlarga, shuningdek, ko‘p hujayralik rangsiz ipsimon shakldagi ko‘p 
(Beggiatoa, Tiorloka, Tiotrike avlodiga mansub) mikroorganizmlarga bo‘linadi. 
Yuqoridagilar avlod vakillarining oltingugurtni oksidlanishi va 
organikmoddalaridan foydalanishi isbotlangan. Ammo, SO
2
ni o‘zlashtirishi 
isbotlangan emas. 
Fotosintezlovchi purpur va yashil oltingugurt bakteriyalari ham 
oksidlanish qobiliyatiga ega. Ammo ular asosan vodorod sulfidli muhitda 
yashaganligi uchun, tuproqda katta rol o‘ynaydilar. 
Xemoorganogetrotrof organizmlar Basilus Psevdomonas. 
Aktinomisealar va ba’zi zamburuglar) kukunsimon oltingugurtni oksidlaydilar. 
Oltingugurt sulfatli birikmalarni qaytaruvchi mikroorganizmlarga kelsak
ular ikki spora hosil qilmaydigan (Desulfovibrio) va spora hosil qiladigan 
(Desulfatomakulum) vakillaridir. Bulardan birinchi guruh obligat anaeroblar, 
Mezofil (optimal harorat 30
o
S), dengiz suvida chuchuk suvda, tuproqda 
uchraydilar. Ikkinchi guruh vakillari grammanfiy to‘gri va egilgan 
tayoqchasimon bakteriyalar bo‘lib, chuchuk suv, tuproq, issiq muhit, buzilgan 
maxsulot, hasharotlar ichagi va hayvonlar chandiqlarida uchraydilar. Ularda 


sulfatlarni vodorod sulfidgacha qaytariladi. Vodorod sulfid zaxarli suv, 
tuproqda ko‘p yigilsa hayvonlar va o‘simliklarni o‘ldiradi. 
Shu bilan birga bu organizmlar geologik jarayonlarda ahamiyatli
oltingugurtli rudalarni vodorod sulfid hosil qiladi va undan oksidlanish 
natijasida sanoat uchun zarur oltingugurt olish mumkin . 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin