3. Fosforli organik birikmalar o‘zgarishi. O‘simliklar oziqlanishidagi
ahamiyati bo‘yicha fosfor azotdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Fosfor
tuproqda, o‘simliklarda va mikroorganizmlarda, organik va anorganik
birikmalar tarkibida uchraydi. Tuproqda fosfor har xil holatda bo‘ladi. 1.Kalsiy
fosfatlar (apatit, oksiapatit, ftorapatit, fosforitlar) fosfat yoki temir oksifosfati
(vivianit) holdagi birlamchi minerallar hamda uchraydi. 2. Har xil tuproqlardagi
fosforning 25-28% ni organik shaklda uchrab, tuproq organik moddasining
0,5-2% gacha miqdorini tashkil etadi. Tuproqga fosfor o‘simlik, hayvon
qoldiqlari va minerpal o‘gitlar orkali kiradi. Qishloq xo‘jalik o‘simliklari
tarkibida 0,05-0,5% fosfor bo‘ladi. O‘simliklarda ham hayvonlardagi kabi
organik formada (fitin, fosolipidlar, NK, ATF va x.k.) mavjud bo‘ladi. Azot,
oltingugurtlar to‘qimalarda qaytarilgan shaklda uchrasa, fosfor fosfatlar holida
oksidlanishgan shaklda uchraydi.
Organik shakldagi fosfor parchalanishini Psevdomonas, Basillus
avlodiga mansub bakteriyalar, Penisillium, Aspergillus, Rizopus, Trixotekium,
Alternariya avlodi vakillari, aktinomisetlar va boshqa mikroorganizmlar amalga
oshiradilar. Organik moddalarni parchalanish jarayonida o‘z hujayralarida
ma’lum miqdorini olib qoladilar. Shuning uchun fosfor yetishmaydigan
tuproqlarga fosforning organik shaklini kiritishi o‘simliklar fosforlik oziqlanishini
yaxshilaydi.
4.Fosforli noorganik birikmalar o‘zgarishi. Tuproqdagi anarganik
fosforning ko‘pchiligi erimaydigan shaklda bo‘ladi. Apatit, oksiapatit, fosforit
(neytral va ishqoriy reaksiyali tuproqlarda uchraydi) alyuminiy va temir
fosfatlar (kislotali tuproqda uchraydi) sh birikmalar jumlasiga kiradilar. Bu
minerallar o‘simlikga o‘zlashtirilmaydi. Shuning uchun mikroorganizmlarga
faoliyati ijuda axamiyatlidir. Chunki ular ana shu minerallarni o‘simlik
o‘zlashtiradigan xolatga aylantirib beradilar. Bunday mikroorganizmlarga
bakteriyalar, aktinomisitlar, zamburuglarni Pisevdovmonas, Besilllus,
Mikrokokus, Muobakterium, Penisellium, Aspergilus avlodi vakillari kiradilar.
Fosforning menerallari parchalanishi tuproqda SO
2
va xar xil kislotalar xosil
bo‘lishi bilan yuoglangandir. Tuproqda mikroorganizmlar nafas olishi, bichgish
jarayonlaridan ajralib chiqan SO
2
fosfatlarni eruvchan gidro fosfatlarga
aylantiradi va ularni o‘simliklar o‘zlashtiradilar. Ba’zi xolatlarda fosfatlarni
nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar faoliyati natijasida xosil bo‘lgan nitrit kislota
xam eruvchan xolatga aylantirib bera oladilar. Bularning xammasi o‘simlikka
fosforining o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, o‘sishi rivojlanish kuchayib xosildorlik
oshishiga olib keladi.