Jinssiz ko‘payishi 2 xivchinli zoosporalar va konidiyalar yordamida o‘tadi.
Jinsiy ko‘payishi esa oogamiya yordamida o‘tadi.
Bu taritb zamburug‘lari oospora va miseliy holida qishlaydi.
Sporangiy bandlarining tuzilishiga va zoosporalar o‘simtasi xususiyatiga asoslanib
Perenosporales tartibi 4 ta oilaga bo‘linadi. 1. Putiaceae (pitatsiya) 2.Phitophthoraceae. (fitoftoaratsiya), 3.Perenosporaceae (perenosporatsiya), 4.Albuginaceae (albuginatsiya). 1-oila - Pitatsiya: Bu oila vakillarining miseliysi zararlangan o‘simlik organlarining sirtida va to‘qima oralig‘ida joylashgan bo‘lib, sporangiy bandlari oddiy miseliydan farq qilmaydi. Bular o‘simlik va suv o‘tlarida turli kasalliklarni yuzaga keltiradi. Bu oilaning 1-avlodi – Pitium kiradi. Bu avlodga kirgan zamburuglarning miseliysining uchida zoosporalar joylashgan bo‘ladi (konidiya), lekin miseliysi zararlangan xujayralar ichida joylashgan bo‘ladi. Bu avlodning vakillari asosan o‘simlikning unish davrida zararlaydi. M-n: Ildiz chirish kasalligi – Pitium deboryanum (lavlagi, karam, kartoshka).
2-oila – Fitoftoratsiya - Bu oilaga kirgan zamburug‘larning miseliysi zararlangan o‘simlik
hujayrasida rivojlanadi. Miseliylar hujayralarni teshib, tashqariga konidiya bandlarining hosil
qiladi. Konidiyalar bandlari ichida konidiyalar yoki zoosporalar joylanadi.
Bu oilaga - Fitoftora avlodi kiradi. Zararlangan o‘simlik hujayralari ichida zoosporangiylar
o‘sib, ikki xivchinli zoosporalarga aylanadi va bu zoosporalar boshqa o‘simliklarni zararlaydi.
Bu avlod vakil: Fitoftora infenstans – kartoshkani fitoftoroz kasalligini qo‘zg‘atadi.
3-oila – Perenosporatsiya -Bular obligat parazit holda yashovchi parazit zamburuglardir.
Ular o‘simliklarda soxta un shudring kaslligini qo‘zg‘atadi. Bu oila vakillari konidiya bandlarining
tuzilishiga qarab ular bir-nechta avlodga bo‘linadi va ularning ichidagi konidiyalarning joylashiga
qarab avlodlar farqlanadi.