13 – MAVZU: Loculoascomycetidae (LOKULOASKOMISETLAR) KENJA SINFINING VAKILLARI. Ish rejasi: 1. Myringiales tartibi 1. Elsinoeaceae oilasi 2. Dothideales tartibi 1. Mycosphaerelluaceae oilasi 2. Pseudosphaeriaceae oilasi 3. Venturiaceae oilasi 4. Pileosporaceae oilasi Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (malinani antraknoz, qulupnay barglarining oq
doglanishi, no‘xot va bodringda askoxitoz, olmani parsha, bugdoyni ildiz chirish, sulini
gelmintosporioz kasalliklari). Rangli jadvallar. Lupalar.
Topshiriq: 1.Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan
tanishish.
2.Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish.
Lokuloaskomisetlar kenja sinfiga kiruvchi zamburug‘larning meva tanasi xaqiqiy emas,
balki stromalardan hosil bo‘lgan xaltachalarda rivojlanadi. Xaltachalar stromalarda va miseliylarda
oraligidagi maxsus bo‘shliqlarda lokulalarda sodir bo‘ladi. Bu sinf vakillarining xaltachalarini
qobigi ikki qavatli bo‘lib, askosporalari esa to‘siqli bo‘ladi. Lokuloaskomisetlar kenja sinfi 2 ta
tartibga bo‘linadi:
1.Dothideales (Dotideales) tartibi. 2.Myrangiales (Miriangiales) tartibi 1.Dothideales tartibiga kiruvchi zamburuglar saprofit hamda parazit holda hayot kechiradi.
Bu tartib vakillarining meva tanasi Psevdotesiylardan iborat bo‘lib, sharsimon yoki noksimon
shaklga ega. Xaltachalar bularning ichida dastalanib yoki qavat - qavat bo‘lib joylashadi. Bu tartib 4
ta oilaga bo‘linadi:
a. Mycosphaerelluaceae (Mikosferillatsiya) b. Pseudosphaeriaceae (Psevdosparatsiya) c. Venturiaceae (Venturatsiya) d. Pleosporaceae (Pleosporatsiya)