Masalan :C.pini – daraxtlarda chirish kasalliklarini keltiradi.
Phyllachoraceae oilasi 1 ta Phyllachora avlodini beradi. Bu avlod vakillarining
peritesiyalari uzunchoq, silliq, qora rangli stromalarda hosil bo‘ladi. Sporalari bir xujayrali, rangsiz.
Xaltachalari yelpigichsimon shakllarda bo‘ladi.
Masalan: Ph.graminis – galla donli ekinlarda qora doglanish kasalliklarini keltiradi.
4.Diaporthales tartibiga kirgan zamburuglarning meva tanasi ko‘zasimon bo‘lib, to‘q
ranglarda bo‘ladi. Bu tartib 2 ta oilaga bo‘linadi: 1.Valsaceae 2.Gnomoniaceae.
Valsaceae oilasi 1 ta Valsa avlodini beradi. Avlod vakillarining stromalari yoyilgan holda va
chegarali bo‘ladi. Bu avlod daraxtlarda sitosporoz, so‘lish kasalliklarini keltiradi.
Gnomoniaceae oilasiga kiruvchi zamburuglarning stromalari bo‘lmaydi. Bular 2 ta avlod
beradi: 1.Glomerella; 2.Gnomonia Glomerella avlodiga kirgan zamburuglarni sporalari bir xujayrali, rangsiz bo‘ladi.
Masalan: G.gossyppi - g‘o‘zaning antraknoz kasalliklarini keltiradi.
Gnomonia avlodi vakillarining sporalari ko‘p xujayrali, rangsiz, urchuksimon shaklda
bo‘ladi.
Masalan: Marssonia juglandis - yong‘oq barglarining qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini
keltiradi.
16- MAVZU: BAZIDIYaLI ZAMBURU~LARNING SISTEMATIKASI VA ULARNING VAKILLARI. TELIBAZIDIOMISETLAR KENJA SINFI (BASIDIOMYCETES) Ish rejasi: 1.Ustilaginales tartibi 1. Ustilaginaseae oilasi 2. Tilletiaceae oilasi II. Uredinales tartibi. 1.Puccinaceae oilasi 2.Melampsoraceae oilasi Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (bugdoy va makkajo‘xorining kukunsimon qora
kuya, bugdoyning qattiq qora kuya va poya qora kuya kasalliklari).Lupa. Rangli jadvalar.
Topshiriq: 1.Kasallik ko‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilar bilan tanishish.
2.Zambruglarni mikraskopda kurish va rasmlarini chizish.
Teliobazidimisetlar kenja sinfining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bazidiyalar hosil
qilishdir. Bular qishlovchi sporalar (xlamidospora, teliospora) hosil qiladi. Bu kenja sinf
zamburuglarining bazidiyalari to‘rtta ko‘ndalang devorlar bilan ajralgan bo‘ladi. Bu kenja sinf
ikkita tartibga bo‘linadi;