Masalan: Tilletia caries – bugdoy qattiq qora kuya kasalligi.
1. Urokustis avlodi zamburuglarning teleosporalari ko‘pincha o‘simlikning yer ustki a’zolarida hosil bo‘ladi, ayrim hollarda ildiz va gullarda uchraydi. Masalan: Urocystis tritici – bugdoyda poya qora kuya kasalligi.
2. Entuloma avlodi zamburuglarning teleosporalari yakka yoki gruppa bo‘lib joylashib, och sariq yoki och jigar rangda bo‘ladi. Bu zamburug o‘simlik barglarida, poyada, ildizli doglar hosil qiladi. Masalan: Entyloma clactylidis – rojda qora kuya kasalligi.
Urdeniales tartibi. Bu tartib zamburuglari qishloq xqo‘jalik ekinlarida zang kasalligini
keltirib chiqaradi. Ular obligat parazitlik yo‘li bilan hayot kechiradi. Bu zamburuglarning to‘liq
rivojlanish sikli (davri) to‘rt bosqich va besh xil sporalarda hosil bo‘ladi.
Birinchi bosqich – Esidiy bahorgi. Bular ikki xil ko‘payadi: Spermogoniyalarda spermalar hosil bo‘ladi va esidiylarda esidiosporalar hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqich – Urediniya yozgi. Urediniya to‘plamlarida uredosporalar hosil bo‘ladi. Uchinchi bosqich – Teliopustula kuzgi - qishki. Teleopustula to‘plamidan teliosporalar hosil bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich – bazidiyali qishki. Bazidiyalarda bazidiya sporalar hosil bo‘ladi. Shu tariqada Uridinales tartibi to‘rt bosqichi va besh xil ko‘rinishda ko‘payadi: spermalar,
esidiosporalar, uredosporalar, teliosporalar va baziyasporalar.
Teliosporalarni tuzilishiga qarab Uredinales tartibi ikkita oilaga bo‘linadi.
1-Puksinatsiya, 2- Melamsporatsiya.
1. Puksinatsiya oilasi zamburuglarning teleopustulasi epidermis tagida joylashgan bo‘ladi.
Teleosporalari odatda oyoqchali, bir yoki bir nechta xujayralardan yakka yoki ajralmagan holda
bo‘ladi. Ba’zi avlodlarda shilimshiq yigilgan holda hosil bo‘ladi.Bu oila o‘z ichiga to‘rtta avlodni
oladi: 1- Uromisis, 2-Puksinatsiya,3-Fragmidium, 4- Gimnosporangium.
1. Uromisis avlodi vakillarining teliosporalari bir xujayralidir. Bu avlod zamburuglari donli
ekinlarda yozgi uredina va qishki teliopustula bosqichida parazitlik qilib yashaydi, bahorgi bosqichi
esidiylari molochay o‘simligida rivojlanadi.