Mikrobiologiya (Ma’ruza matnlari)


Masalan: Melampsoridium detilae



Yüklə 258,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/70
tarix09.11.2022
ölçüsü258,74 Kb.
#119195
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Microbiology

Masalan: Melampsoridium detilae – oq qayinda zang kasalligini qo‘zgatadi.
17 – Mavzu: Holobasidiomycetidae kenja sinfining vakillari. 
Ish rejasi: 
1. Hymenomycetales tartib guruhi 
1. Exobasidiales tartibi 
2. Aphillophorales tartibi 
3. Agaricales tartibi 
Zaruriy jihozlar: Rangli jadvallar. Gerbariydan namunalar (pukaklarni meva tanalari
qalpoqchali zamburuglar, oq muxomor). Lupalar. 
Topshiriq: 1. Kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish. 
2. Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarini chizish. 
Bu sinf zamburug‘lari yuksak zamburuglar guruhiga kiradi. Bazidiyali zamburuglarning 
miseliysi yaxshi rivojlangan va ko‘p hujayrali bo‘ladi. Bazidiomisetlarning ko‘payishi – bunda 2 xil 
miseliy qo‘shiladi va diploid miseliy hosil bo‘ladi. Diploid miseliydan hosil bo‘lgan xujayralar 
o‘sib, yo‘gonlashadi va cho‘ziq qopcha shakliga kiradi. Bular bazidiyalar deyiladi. Bazidiyalar 
uchida bazidiyasporalar deb ataladigan to‘rtta spora vujudga keladi. Bu sporalar yetilgandan so‘ng 
sterigmadan otilib chiqad iva yerga tushib, u yerda o‘sib miseliyga aylanadi. 
Bu sinf zamburuglari asosan 2-ta kenja sinfga bo‘linadi: 
1. Xolobazidiomisetlar kenja sinfi. 
2. Telebazidiomisetlar kenja sinfi
1. Xollobazidiomisetlar kenja sinfiga kiruvchi zamburuglar bir xujayrali bo‘lib bazidiyalari 
tugnagichsimon va silindrsimon bo‘ladi. Bazidiyalarni joylashishiga qarab bu kenja sinf bitta tartib 
guruhiga bo‘linadi –Gimenomisetlar. Bu tartib guruhining vakillari asosan tuproqda va o‘simlik 
qoldiqlarida saprofit holda hayot kechiradi. Bu tartib guruhi 3 ta tartibga bo‘linadi:
1.Ekzobazidiles tartibi. 
2.Afilloforales tartibi.
3.Agarikles tartibi. 
1. Ekzobazidiales tartibi: Bu tartib zamburug‘larida meva tanasi bo‘lmaydi. Bazidiyalari 
miseliyda yakka holda yoki qavat bo‘lib hosil bo‘ladi. Ularning vakillari guli parazit o‘simliklarda 
parazitlik Bilan hayot kechiradi. Bu tartibga 2-ta avlod kiradi. 
 1. Ekzobazidium. 
2. Mikrostroma


Bu avlod vakillari barg va poyalarda hayot kechirib ularning jarohatlanishi natijasida 
zararlangan to‘qima ustida oq yoki pushti guborlar hosil qiladi. Kasallangan a’zolarda deformatsiya 
yuzaga keladi. 

Yüklə 258,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin