2. Afilloforales tartibi: bu tartib zamburuglarining meva tanasi har xil tuzilgan bo‘lib, ular
yumshoq, qattiq, qUruq, yoyilgan, qalpoqchali, terisimon bo‘ladi.
Gimenoforlari trubkali, tikanakli, silliq, plastinkasimon, gijim bo‘ladi. Bu tartib vakillari
asosan saprofitlar bo‘lib o‘rmonlarda uchratishimiz mumkin. Bu tartib meva tanasi va
gimenofariysi tuzilishi ga qarab ikkita oilaga bo‘linadi:
1. Teleforatsiya – Thelephoraceae. 2. Poluporatsiya – Polyporaceae. 1.Teleforatsiya oilasining meva tanasi terisimon bo‘lib, yupqa yoyilgan yoki gijim bo‘ladi.
Gimenofori silliq yoki yigilgan holda bo‘ladi. Bu oila to‘rtta avlodga bo‘linadi:
1. Stereum– Stereum. 2. Hypochnus– Giponus 3. Serpula– Serpula 4. Coniophora- Konnoofora 1. Stereum avlodi vakilari zararlangan, qurigan yoki yaxshi rivojlanmagan o‘rmon daraxtlari
va mevali daraxtlarda uchraydi. Meva tanasi yoyilgan yoki cherepisa kabi joylashgan bo‘ladi.
Serpula va Koniofora avlod vakillari uy zamburuglari, qurilish daraxtlarida rivojlanadi.
Serpula avlodining meva tanasi yumshoq, substratga yopishgan bo‘ladi.
Konifora avlodining meva tanasi etli, jigar rang yoki sargish bo‘ladi.
2.Poluporatsiya oilasining meva tanasi bir yoki ko‘p yillik bo‘lib shakllari turlicha bo‘ladi.
Gimenoforlari trubkasimon, yigilgan gijim bo‘ladi. Poluparatsiya oilasi quyidagi avlodlarga
bo‘linadi:
1. Polyporus.- bereza gubkasi. 2. Fomes – xaqiqIy pukak. 3. Phellinus – sosna gubkasi. 1- avlod Poluporus vakillarining meva tanasi bir yilligi avval yumshoq bo‘lib, keyinchalik
yogochlashadi.
Misol: +o‘ngir po‘kak.
2- avlod: Fomes vakillarining meva tanasi ko‘p yillik, yogochlangan qattiq tuyoqsimon shaklda
bo‘ladi.
3.Agarikales tartibi: bu tartib zamburuglari meva tanasi bir yillik qalpoqchali va oyoqchalardan
iborat. Bu zamburuglar qalpoqchali zamburuglar deb ataladi. Bularning gimnoforlari
plastinkasimon, trubkasimon bo‘ladi. Bu tartib vakillari saprofit hamda parazit holda yashaydi.
Ba’zi bir vakillari iste’mol qilinadi, ayrimlari zaharli. Bu tartib uchta avlodga bo‘linadi:
1. Agaricus – dala shampinioni, o‘rmon shampinioni. 2. Amanita – oq muxomor. 3. Armillariella – openok 4. Agarikus avlodi zamburuglari iste’mol qilinadigan zamburuglar hisoblanadi. qalpoqchalari juda etli bo‘lib, sporalari jigar rang yoki to‘q kul rangda bo‘ladi. 5.Ammonita avlodiga zaharli zamburuglar kiradi. +alpoqchalari osonlik Bilan oyoqchalaridan ajraladi. Sporalari rangsiz. Misol: qizil, oq muxomor. 6.Armillariella avlodi o‘rmon daraxtlarda va mevali daraxtlarda oq chirish kasalligini keltirib chiqaradi. qalpoqchalari qUruq, silliq bo‘ladi. Sporasi rangsiz, tuxumsimon shaklda bo‘ladi. 18 – Mavzu: DEUTEROMYCETES-LAR SISTEMATIKASI VA ULARNING