murakkab oqsillarni oddiy birikmalargacha parchalaydilar. Hosil bo‘lgan
birikmalar hisobiga boshqa mikroorganizmlar hayot faoliyati davom etadi.
Antibioz munosabatida mikroorganizmlar bir-biriga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan: sut kislotasi bijgishni amalga oshiruvchi bakteriyalar,
boshqa ko‘pgina chirituvchi bakteriyalar uchun zararli bo‘lgan sut kislotasini
ishlab chiqaradi va ular hayot faoliyatini bo‘gib qo‘yadi.
Ko‘pgina zamburuglar mikroorganizmlarga salbiy ta’sir-etuvchi
moddalarni (antibiotiklarni) ishlab chiqaradilar. Pensillin, streptomisin,
aureomisin, xloromisin, tetrotsiklin, terramisin va x.z.
antibiotiklarni misol qilib
olsak bo‘ladi.
Yana parazit yashash ham bo‘lib, bunda faqat bitta mikroorganizm
boshqa organizm hisobiga yashaydi. Boshqa organizmga foydasi tegmaydi,
aksincha zarar keltiradi.
Dostları ilə paylaş: