O‘yin shaklidagi talabdan odatda qiziqarli bo‘lmagan va ba’zan zerikarli
mashg‘ulotlarni tashkil etish haqida gap boradigan joyda, biror ishni, ayniksa kichik
yoshdagi bolalar bilan ishlashni jonlantirish uchun foydalaniladi.
Misol keltiramiz. Maktab-internat tarbiyalanuvchilaridan bir guruhi odatda
uxlashga yotish uchun juda o‘zoq
, hozirlik ko‘rishardi. Bolalar tez echinishni bilmas,
o‘z buyumlarini tartibsiz qilib tashlayverishardi. SHunda tarbiyachi kechqurunlari
«Kim tezroq?» o‘yinlarini o‘tkaza boshladi, har kimning vaqtini sekundomer bilan
qayd qilib qo‘ydi. O‘yin hammani jalb qildi, hatto o‘z rekordchilari paydo bo‘ldi.
Bolalar kollektivini tashkil qilishga o‘yin singib ketishi lozim, degan edi bir
adib. Bavosita talabning bu shakli nihoyatda ta’sirchan bo‘lishi mumkin, chunki
bolalarni qiziqtirib, udarga quvonch bag‘ishlaydi, birinchi qarashda eng yoqimsiz
bo‘lib ko‘ringan ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilishga imkon beradi.
Qoralovchi talabdan pedagog shunday hollarda foydalanadiki, bunda bolaning
u yoki bu harakatlariga salbiy baho berish uning yoqimsiz xatti-harakatlarini
to‘xtatishda rol o‘ynaydi va foydali harakatlarni rag‘batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: