Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 38
w www.oriens.uz April 2021 aniq bo’lmasada, aynan ular asotirlar, afsonalar ma’naviy ta’siridan ozod bo’la
borganlar va olam to’g’risidagi ilk dunyoqarashni o’zlarida shakllantirib,
rivojlantirganlar. Ularning qarashlarida afsonaviy va dunyoviy bilimlar bir-biri bilan
bevosita bog’lanib, bir-birini to’ldirib brogan Xitoy falsafasi o’zining gullab
yashnagan vaqtiga “urushuvchi davlatlar” deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy
falsafasining “oltin davri” (eramizdan avvalgi VI-IIIasrlar) deb atadilar. Asosiy
falsafiy yo’nalishlar quyidagilardan iborat edi: in-yan, besh unsur, konfutsiychilik,
daosizm, moizm, legizm
3
.
Qadimgi xitoyda markazlashgan davlatchilikning kuchsizlanishi oqibatida
markaziy boshqaruv ma’muriyatning turli soxa vakillari (joylardagi hukmdorlarga
ta’sir etish uchun) falsafiy maktablar tashkil etishga kirishdilar. Tashkil etilgan
maktablar esa umumiy 家“Сhizya” deb nomlana boshladi
4
. Bu nomlash o’z vaqtida
ularning jamiyatdagi xususiy maqomini belgilab berar edi. “Chizya” So’zining asli
mohiyati ham “uy”degan ma’noni anglatadi.
1
.
儒家 Kungzichilik maktabiga olim – intellektual salohiyat egalari va
hunarmandlar asos solgan bo’lib, ularning asosiy maqsadi Kungzi g’oyalarini targ’ib
qilish va uni rivojlantirish bo’lgan. Shu ma’noda ularning amaliy faoliyatida
insonparvarlik 人 (Jen) g’oyalarini targ’ib qilish bosh masala bo’lgan
5
.
2. 老子Lao zi asos solgan 道Dao maktabi. Bu maktabga tarki dunyochilik
qilgan darveshlar, muvofaqqiyat va mag’lubiyat, mavjudlik va halokat, qayg’u va
baxt, qadimiylik va zamonaviylik yo’li (Doa)to’g’risida yilnomalar tuzish tufayli
“pokizalik va bo’shliq”, “kamsitilish va zaiflashish” orqali “shohona san’at” o’z-
o’zini saqlashga etishgan xronografiya muassasalaridan chiqqanlar yaratishgan
6
.
3. 阴阳“Zulmat va yorug’lik maktabi”ni, (dunyoni tashkil etuvchi,
boshlovchilar) osmon belgilari, quyosh, oy, yulduzlar, koinot mo’ljallari, vaqt
almashuvini kuzatuvchilar - astronomiya muassasalaridan chiqqanlar yaratganlar.
4. 法家Legizmni, “odob-axloq asosidagi” boshqaruvni 礼(Li) mukofotlar,
jazolar, muayan qonunlar (法) bilan to’ldirgan, sud muassasalaridan chiqqanlar
yaratishgan.
5. 名家“Ismlar”maktabini, faoliyatlari qadimda mansab va marosimlardagi
nominallik va reallik mos kelmaganligi bois ularni muvofiqlashtirish bilan bog’liq
bo’lgan, marosimlar muassasasi vakillari yaratishgan.
3
Ян Юн. История древнекитайской идеологии / Перевод с китайск. - М.,1957. - C142.
4
Там же. - C. 143.
5
Быков Ф.С. Зарождение общественно-политической и философской мысли в Китае. - М., 1966. -C.
45.
6
Ян Хин-шун. Древнекитайский философ Лао-цзы и его учение. - М.-Л., 1950. - C.106.