Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
— Begim, gap faqat Jahongirda emas, hozir Ali Do‘stbek bilan Ahmad Tanbal bizni 
o‘rgimchak to‘riday chirmab kelurlar, — dedi Bobur Oyisha begimga. — Agar biz shu 
o‘rgimchak to‘rini yorib chiqib ketmasak, keyin bularga yemish bo‘lurmiz! 
— Hazratim, Samarqandda ham yog‘iylaringiz behisob. Yana urush boshlansa... 
— Samarqandda hozir do‘stlarimiz ham oz emas. 
— Kelgan elchi sizni poytaxtga chorladimi? 
Bobur elchi bilan bo‘lgan gaplarni hozircha juda maxfiy tutishi zarur edi. 
Samarqand beklari bilan Sulton Ali mirzo orasida nifoq kuchaygan. Mazid tarxon boshliq 
beklar mingdan ortiq navkarlari bilan shaharni tashlab chiqqanlar. Ular Urgutda Boburga 
muntazir turgan emishlar. Yaqinda Buxoroni zabt etgan Shayboniyxon endi 
Samarqandga ko‘z tikkan emish. Agar Bobur tezda yetib bormasa, Sulton Ali mirzo 
poytaxtni Shayboniyxonga berib qo‘yishi aniq. Shayboniyxonning berahmliklarini ko‘p 
eshitgan odamlar undan qo‘rqib, endi shahar darvozalarini Boburga pinhona ochib 
bermoqchi emishlar. Bobur mana shu qulay paytdan foydalanib qolishni istaydi. 
Elchi bizni chorlagani rost, — deb, u Oyisha begimga umumiyroq javob qildi. — Ammo 
Sulton Ali mirzo taxtni bizga osonlikcha bermas. 
— Demak, yana urush! Yana xavfu xatar!.. 
— Begim, tog‘ning boshi qorsiz bo‘lmas, yigitning boshi — xatarsiz. 
— Hazratim boya o‘rgimchak to‘ridan gap ochgan edilar. Agar siz ketsangiz, o‘rgimchak 
to‘rida biz qanday qolurmiz? 
— Istasangiz, sizni birga olib keturmen! 
— Jang maydonigami? 
Oyisha begimning savolida ozgina kinoya ham bor edi. Buni sezgan Bobur xijolatdan 
xiyol qizardi. 
— Urush tugaguncha onam bilan Xonzoda begim uchovlaringiz O‘ratepada turishlaringiz 
mumkin. Bahavo joy. Shahar hokimining xotini onamning tug‘ishgan singlisi. U yerdan
Samarqandga borishlaringiz ham oson. 
— O‘ratepa tog‘liq joymi? Yo‘llari juda yomondir? Men otliq yurolmaymen. 
— Mahofada borishingiz mumkin. 
Shahar qizi bo‘lgan Oyisha begim bir joyda muqim yashashni yaxshi ko‘rardi, yo‘l azobini 
ko‘tarolmas edi. 
Boburning so‘nggi gapiga bosh chayqab: 
— Mahofadan qo‘rqamen, — dedi. 
«O‘gay taqdir menga bu borada ham kinoya qilmish!— dedi Bobur ichida. — Mendek 
qo‘nimsiz sayyohtabiat kishiga buningdek nozigu muqim tabiat rafiqa bermish!» 
Oyisha begim hozir himoyaga muhtoj bir mushtipar qiz bo‘lib ko‘rindi. Bobur uning 
ko‘nglini ko‘targisi kelib, quvnoq ohangda gapirdi: 
— Otda yurolmasangiz, begim, mahofadan qo‘rqsangiz, unda men sizni... kaftimda olib 
yururmen! 
— Kulmang, mirzo hazratlari! Men kaftingizda yurishga munosib emasmen... 
Oyisha begimning so‘nggi so‘zlari Boburga allanechuk shirin tuyuldi. Uning yigitlik qoni 
ko‘pirgandek bo‘lib o‘rnidan ko‘tarildi-yu: 
— Yo‘q, munosibsiz! — dedi. 
— Kulmang... 
— Munosibligingizni isbot etaymi? 
Oyisha begim hurkovich kiyikdek chaqqonlik bilan o‘rnidan turdi va qochishga hozirlandi. 
Bobur to‘y kechasi uni mahofadan qanday azod ko‘tarib tushirgan bo‘lsa, hozir ham 
o‘shanday ko‘tarib oldi. Uni to‘rdagi to‘shak tomonga olib o‘tayotib, pastki qandilda yonib 
turgan shamlarni puflab o‘chirdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin