Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Loyga botgan otlar ancha odamni yo‘ldan tutib qolayotganini ko‘rgan Bobur: 
— Bas, chiqarib bo‘lmasa, qolsin! — dedi. 
Qosimbek darhol uning so‘zini quvvatladi: 
— Piyoda qolganlar mening otlarimdan olsinlar! 
Oti loyga tiqilgan navkarlardan biri Tohir edi. 
— Tog‘larda qancha otu tevalar qoldi, uchmalardan o‘tib kelgan otim endi shu balchiqda 
qolsinmi-a? — dedi Tohir otiga achinib. 
— O‘zimizning jonimiz ham qil ustida! — dedi Bobur. 
Tohir Qosimbek uchun yetaklab kelinayotgan otlardan biriga mindi. Yana ikki navkar 
piyoda qolgan edi. Ularga Bobur o‘zining to‘rtta otidan ikkitasini berdi. 
Hozir uning ko‘ziga ot-ulov ko‘rinmas edi. Eng muhimi, uning Samarqandga 
yaqinlashayotganini Shayboniyxon mutlaqo sezmasligi kerak. 
Bobur yozi bilan tog‘larda yurdi, Shahrisabzdan Hisorga, undan Fondaryo bo‘ylariga 
oshib o‘tdi. Samar-qand beklari butun navkarlari bilan Hisor hokimi Xisravshoh tomoniga 
o‘tib ketdi. Andijondan Bobur bilan kelgan odamlarning ko‘pchiligi Iskandarko‘l 
bo‘ylaridan O‘ratepa orqali Farg‘ona vodiysiga qaytdilar. 
Jangdovullar bu xabarlarning hammasini Shayboniyxonga allaqachon yetkazgan edilar. 
Boburning bir necha yuz kishi bilan tog‘ orasida qiynalib yurganini aniq biladigan 
Shayboniyxon endi uning Andijonga qaytib ketishiga yoki O‘zgandan narida xonlik 
qilayotgan tog‘asi Olachaxon oldiga borishiga shubha qilmas edi. Shayboniyxon yov 
hujum qilishini kutmas, shuning uchun shaharda besh yuz kishilik qo‘shin qoldirib, qal’a 
tashqarisidagi Xo‘ja Diydor degan joyni qarorgoh qilgan edi. 
Shayboniyxonning bexavotir yurganidan xabar topib, Samarqandga tavakkal qilib 
borayotgan Bobur juda qaltis bir ishga bel bog‘laganini sezardi. Shayboniyxonning 
josuslari ko‘pligi unga ma’lum edi. Xon o‘zini sezmaganga solib, Boburni shaharga yaqin 
kelguncha qo‘yib berishi, keyin qurshovga olishi mumkin edi. Shahar ichidagi qo‘shin 
ham Boburning odamlaridan ikki-uch barobar ko‘p. Bobur Shayboniyxonning qo‘liga 
tushsa, tirik qutulolmasligini biladi. Navkarlar, beklar omon qolishi va xon askarlari 
safida xizmat qilib ketishi mumkin — Sulton Ali mirzoning ko‘pchilik bek va navkarlarini 
xon o‘z lashkarlariga qo‘shib olgani hammaga ma’lum. Ammo yangi bir sulolaga asos 
solmoqchi bo‘lgan Shayboniyxon temuriylarni ayovsiz o‘ldirishga qasd qilganini Bobur 
bilar edi. Shuning uchun agar biron falokat bo‘lsa-yu, qutulib ketolmasa, oxirgi 
nafasigacha jang qilishga, xonning qo‘liga tirik tushmaslikka ahd qilib bormoqda edi. 
Qorong‘ida yana bir talay ariqlardan o‘tdilar, kuz kirib, egalari ko‘chib ketgan kimsasiz 
bog‘otlarni oralab borib, Samarqanddan beriroqdagi Puli Mag‘oq ko‘prigi oldida 
to‘xtadilar. Bundan ikki kun oldin to‘rtta ishonchli navkar dehqon kiyimida shu yerga 
yuborilgan, ular qal’a devoriga qo‘yib chiqish uchun ulkan shotilar tayyorlagan, shu bilan 
birga, vaziyatni o‘rgangan edilar. Oldindan tuzilgan rejaga binoan, navkarlardan yetmish 
saksontasi shu yerda otdan tushdilar va shotilarni ko‘tarishib, sekin G‘ori Oshiqon deb 
ataladigan baland jarlikka tomon piyoda ketdilar. 
Bobur qolgan navkarlar bilan Feruza darvozasiga yaqin borib, daraxtzor tepalik panasida 
to‘xtadi. 
Atrof jimjit. Uzoqdan xo‘rozning birinchi qichqirig‘i eshitildi. Osmon ola bulut. Qorayib 
turgan baland qo‘rg‘on ko‘zga zo‘rg‘a chalinadi. Bobur yonidagi Qosimbekning yutoqib,
titrab nafas olganini sezdi-yu, o‘zining ham eti ucha boshladi. 
Qal’adan ajal sovug‘i esayotganday tuyulardi. Bundan to‘rt oy oldin mana shunday 
qorong‘i tunda Xo‘ja Yahyo shahar darvozasini yashiriqcha ochib berishiga ishonib 
dushmanning masxarasini eshitib qaytgani esiga tushdi. Undan oldin G‘ori Oshiqonga 
kechasi borgan yigitlarning aldanib, qo‘lga tushib halok bo‘lgani ko‘z oldiga kelib, qalbiga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin