Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
ishonchli odamlar ularni O‘ratepadan bu yerga ko‘chirtirib keldilar. 
Bobur ular bilan Bo‘stonsaroyning birinchi qavatidagi katta tanobiy uyda ko‘rishdi. Onasi 
uni bag‘riga bosganda, Bobur onasining ozib, qo‘llari yengillashib qolganini sezdi. Opasi 
Xonzoda begim esa sovuqdan kirgani uchunmi, yuzlari cho‘g‘day yonib, ko‘zlari chaqnab 
turipti. Uzoq yo‘l uni hech qancha qiynamagandek quvnoq. Avvalgidan ham chiroyli. 
Bobur unga o‘ng yelkasini tutib so‘rashar ekan: 
— Nechun bu qadar hayal qildilaring? — dedi. — Necha haftadan buyon muntazirmiz! 
— E, so‘ramang, amirzodam, uzrli sabablarimiz bor,— deb Xonzoda begim Oyisha 
begimga ko‘z tashlab qo‘ydi. 
Bir vaqtlar Oyisha begimni ko‘rmasdan sevib yurgan paytlarida uning oyog‘iga bosh 
qo‘ygisi kelib g‘azal yozganlari endi Boburga ta’biri xato chiqqan bir tushday tuyulardi... 
U Oyisha begimni oylar davomida ko‘rmasa ham sog‘inmasdi... shunday bo‘lsa ham u 
Oyisha begimga iloji boricha yaxshi muomala qilar edi. Hozir ham kichik jussali qotma 
kelinchakka yaqinlashib: 
— Xush ko‘rdik, begim! — dedi-da, unga o‘ng yelkasini tutdi. 
Oyisha begim ozg‘in qo‘lini uning yelkasiga qo‘yib ko‘rishar ekan: 
— Hazratim, g‘alabangiz muborak! — dedi. 
Hamma Boburni «amirzodam», desa Oyisha begim uni yana ham ulug‘lab «hazratim», 
derdi. 
Sizga ona shahringiz muborak, begim! 
— Qulluq, — deb Oyisha begim ta’zimga bosh egdi. 
— Kelinimiz yo‘lda ko‘p azob tortdilar, — dedi Xonzoda begim. 
Bobur xotinining beli yo‘g‘onlashib, qorni do‘ppayib qolganini ko‘rdi. Ajabo, Bobur ota 
bo‘ladiganmi? Ko‘rishmaganlariga olti oy bo‘ldi. Demak, kamida olti oylik... 
Oyisha begimning ozg‘in yuzida homilador xotinlarda bo‘ladigan dog‘lar paydo bo‘lgan 
edi. Ilgari ham otda yurolmaydigan, mahofada boshi aylanadigan begim endi 
og‘rioyoqligida qanchalik qiynalganini, unga qarab qanchalik sekin yo‘l bosganlarini 
Bobur o‘zicha tasavvur etdi. 
— Xudo xohlasa, endi barcha mashaqqatlardan xalos bo‘ldilaringiz, — dedi. — 
Hammalaringiz uchun maxsus joylaru jihozlar tayyorlanmishdir. Yana neki darkor bo‘lsa 
buyurursiz. Bo‘stonsaroyda kimki bor, hammamiz xizmatlaringizda bo‘lurmiz! 
Xonzoda begim quvnoq kulib: 
— Minnatdormiz! — dedi. — Amirzodam bilan diydor ko‘rishib, boshimiz osmonga yetdi. 
Endi shu osmonda suhbatingizdan bahramand qilsangiz bas. 
— Kamina ham suhbatlaringizni sog‘inganmen. Sizlar joylashgunlaringizcha osmonda 
dasturxon hozirlanur, — deb, Bobur qo‘li bilan yuqorigi qavatga ishora qildi. 
Uning osmonni payrov qilib hazillashganidan hammalari kulib oldilar. 
Bobur yuqorigi qavatga chiqar ekan, qalbini to‘ldirgan shodliklar orasida surnay 
navosidek jarangli va yoqimli bir tuyg‘u yangrab eshitilayotganini sezdi. Bu uning dilida 
birdan uyg‘onib ketgan otalik tuyg‘usi edi. Uning bo‘lajak farzandini bag‘rida ko‘tarib 
yurgan Oyisha begim yuzidagi qo‘ng‘ir dog‘lari bilan Boburga avvalgidan qadirdonroq 
tuyulardi. 
Buni sezgan Oyisha begim avvalgidan dadilroq muomala qilar edi. Er-xotin xobgohda 
chiroqni o‘chirib yotganlarida begim ko‘rpani yuziga tortib: 
Men faxrlanamen, — deb shivirladi. 
Bobur o‘z so‘zining ustidan chiqqanligi uchun, «endi Samarqandda uchrashamiz», deb 
ketib, axiri shu aytganini qilgani uchun xotini undan iftixor qilmoqda edi. 
U Boburning bo‘lajak farzandiga ona bo‘lish bilan faxrlanishini ham aytmoqchi edi. Bobur 
buni tushundi-yu, homilaning necha oylik bo‘lganini bilgisi keldi, ammo ro‘yirost 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin