Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
159
nikohlab olmishdir! Mahmudxonning suyukli xotini Roziya Sulton begim ilgarigi elchi 
Jonibek Sultonga g‘unchachi qilib nikohlanmishdir! Bultur Xonzoda begim uchun bizni 
shunchalar malomat qilgan Mahmudxon endi suyukli xotinini, qizini, singlisini o‘z joni 
uchun bunchalik sharmandali ahvolga solgani butun el-ulusning nafratini keltirmishdir! 
Boburning xayoli Oyisha begimga ketdi. Undan ko‘ngli qolib, ajrashib ketgan bo‘lsa ham, 
lekin bir vaqtlar ilk yoshlik mehri bilan suygan xotinining Shayboniyxon haramiga 
tushishi ehtimoli uni dahshatga keltirdi. Opasi Xonzoda begimning Shayboniyxon 
haramiga tushgani ozmi? 
Bobur Qosimbekka dahshat to‘la ko‘zlarini tikib so‘radi: 
— Nahotki Oyisha begim...Egachim Xonzoda begimning kundoshiga aylantirilgan bo‘lsa?! 
— Yo‘q, amirzodam! Ne til bilan aytayki, Oyisha begim xonning amakisi — ellik besh 
yoshli Ko‘chkinchixonga to‘qol xotin qilib nikohlanmishdir! 
Bobur yuzini qo‘llari orasiga olib nido qildi: 
— O, bu ne razolat? Ne sharmandalik?! 
Qora ko‘zlaridan uchqunlar sochib Boburga achchiq gaplar aytgan o‘sha Roziya Sulton 
begim bugun Jonibek Sultonning quchog‘ida! Bu yo‘g‘on gavdali makkor bek 
Mahmudxon saroyida elchi bo‘lib, xon bilan shatranj o‘ynab, ataylab yutqizib yurgan 
paytlaridayoq uning suyukli xotinini ko‘z ostiga olib qo‘ygan bo‘lsa ehtimol. Oyisha 
begim-chi? 
Qosimbek armon to‘la tovush bilan so‘zida davom etdi: 
— Koshki Mahmudxon shuncha uyat ishlar qilib, tirik qolgan bo‘lsa! 
— Tog‘oyim o‘ldirildimi?! 
— Shayboniyxon birinchi martasida uni o‘ldirmagan edi. Lekin haligi sharmandaliklar 
bilan ruhan o‘ldirgandan battar qilib Movarounnahr chegarasidan sharqqa — Oltoy 
tomonga quvib yuborgan edi. Bundan alami kelgan Mahmudxon o‘sha yoqlarda o‘ziga 
tarafdorlar topib, qo‘shin yig‘ib Shayboniyxondan qasd olish uchun yana Sirdaryo bo‘yiga 
keladi. Xo‘jand yaqinida ikkinchi marta jang bo‘lib, Mahmudxon yana yengiladi-yu, ikki 
yosh o‘g‘li bilan asir tushadi. Bu gal Shayboniyxon Mahmudxonning o‘zini ham, yosh 
o‘g‘illarini ham ayovsiz qatl ettirmishdir! 
— Yo alhazar!.. Yo rab!.. 
Bir vaqtlar Boburga oqibatsizlik qilib, alam o‘tkazgan yaqinlarining taqdir tomonidan 
bunchalik shafqatsizlarcha jazolanishi Boburni qora bosiriqday ezib, karaxt qilib qo‘ydi. 
Bobur ulardan har qancha ranjiganda ham bunday og‘ir jazolarni ularning hech biriga 
ravo ko‘rmas edi. 
Boburning rangi quv o‘chib, yuz muskullari titrayotganini ko‘rgan Qosimbek shumxabar 
keltirgani uchun yana bir marta uzr so‘radi. Boburning sal taftini oladigan chora qidirib: 
— Amirzodam, qani, o‘ltirsinlar, marhumlarning arvohiga tilovat qilaylik, — dedi. 
Tizzalari bo‘shashib, oyog‘ida zo‘rg‘a turgan Bobur archa tagidagi boyagi joyiga qaytib 
o‘ltirdi. Qosimbek uning qarshisiga tiz cho‘kdi. Navkarlar ham birin-ketin cho‘nqaydilar. 
Qosimbek shirali, yo‘g‘on ovoz bilan qur’on suralarini ohangdor qilib aytib, uzoq tilovat 
qildi. Daryoday bir zaylda oqadigan bu ohanglar Boburga dunyoning bebaqoligini, o‘tib 
turgan har bir daqiqa umr qaytib kelmaydigan ne’mat ekanini, hayotning g‘animatligini 
eslatdi-yu, u o‘zini sal bosib, yalangoyoqlarini to‘nining etagi bilan bekitib qo‘ydi. Tilovat 
tugab, yuzlariga fotiha tortganlaridan so‘ng Qosimbek navkarlarga qo‘li bilan nariroq 
borib turish ishorasini qildi. Ular uzoqlashgach, Boburga yanada yaqinroq kelib, past 
ovoz bilan dedi: 
— Shayboniyzodalar bu g‘alabalardan quturib, Andijonga ko‘z tikmishlar. Bosqinchilar 
erta-indin O‘ratepaga ham kelurlar. Endi bu yerlarda yurish xatarli, amirzodam. Tog‘ 
oshib, Hisorga ketmoq kerak. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin