Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
qorovul zarda qilib: 
— To‘xta! Kimsen? — dedi. O‘ronni* ayt! 
— O‘ron — Andijon. 
Qorovulning ovozi yumshadi: 
— Andijon bo‘lsa kelaver. Ovozingdan Tohir chopuqqa o‘xshaysenmi? 
— Ha, Tohirmen. 
— Bemahalda yolg‘iz yuribsen? 
— Meni gapga tutma. Mirzo hazratlariga shoshilinch xabar keltirdim. 
Tohir qorong‘ida Boburning chodirini tusmollab topdi-yu, otini beriroqdagi qoziqqa 
bog‘ladi. U avval soqchilarni yoki mulozimlarni uyg‘otmoqchi bo‘lib, chodirning 
ro‘parasidagi o‘tovga qarab o‘ta boshladi. Shunda chodirning ichi yorug‘ ekanini, eshik 
o‘rniga tutilgan parda ochilib, Bobur chiqib kelganini ko‘rdi. Tohir Boburning qarshisiga 
kelib yukundi. Past tovush bilan: 
— Amirzodam, muntazir qilganim uchun afv eting,— dedi. — Yog‘iylaringizning urushi 
endi tugadi. 
Bobur sabrsizlanib so‘radi: 
— Xushxabar bormi? Nechun yolg‘iz qaytdingiz? 
Tohir boshini quyi solib, hazin tovush bilan dedi: 
— Bir qoshiq qonimdan keching, amirzodam!.. 
Bobur sovuq xabarlar izg‘irinini oldindan sezganday eti uvushdi: 
— Qani ichkari kiring. 
Savdarlar uxlab qolgan. Bobur hech kimni uyg‘otgisi kelmadi. Baland, keng chodirning 
to‘rida to‘rt-beshta sham lipillab yonib turibdi. 
Bobur sham yorug‘ida Tohirga endi zehn solib qaradi. Chakmonining etaklariga loy 
sachragan. Ozib ketganidan yelkalari puchayib qolgan, ko‘zlari ichiga o‘pirilib tushgan. 
Yuzidagi chandig‘i esa bo‘rtib, go‘yo avvalgidan xiyla katta bo‘lib ketgan. Lablari pirpirab, 
o‘pkasi to‘lib gapirdi: 
— Amirzodam, Andijon ham Shayboniyxonning ilkiga o‘tdi. Behisob ko‘p odam qirildi. 
Hamrohim qirg‘inda halok bo‘ldi. 
Tohir shunchalik charchagan ediki, gavdasi chayqalib, oyoq ustida zo‘rg‘a turar edi. 
So‘nggi umididan ham ayrilib bo‘shashgan Bobur ko‘rpacha ustiga o‘tib o‘tirdi-yu, Tohirni 
ham o‘tirishga taklif qildi. 
Tohir gilam ustiga cho‘kkalab o‘tirgach, Bobur undan voqeaning tafsilotini va Ahmad 
Tanbal nima bo‘lganini so‘radi. 
Tohir Andijon yaqinidagi Xo‘ja Katta degan qishloqda boy bir odamga aravakash bo‘lib 
yollangan, o‘zining kimligini bildirmay butun hodisalarni odamlardan so‘rab bilgan, 
boyning shahardagi do‘koniga mol olib borganda ko‘p narsani o‘zi ham ko‘rgan edi. 
Ahmad Tanbal Andijon etagida bo‘lgan jangda shikast yegandan keyin qo‘rg‘onga kirib 
bekinadi. Qamal boshlanadi. Qo‘rg‘on ichida ochlik, kasallik va nifoq kuchayadi. Bir 
vaqtlar Samarqandda Boburni tashlab, Ahmad Tanbalga ergashib qochgan bek va 
navkarlar endi uning o‘zini tashlab, Shayboniyxon tomoniga qochib o‘tadilar. Xonning 
qo‘shini devorga shoti qo‘yib chiqib, qo‘rg‘onni bosib oladi. Ahmad Tanbal akasi Bek 
Tilba, ukalari va boshqa odamlari bilan arkka kirib bekinishadi. Biroq arkning atrofida 
uylar ko‘p, ularga orqadan shoti qo‘yib tomiga chiqish oson. Ahmad Tanbal arkda jon 
saqlayolmasligini sezadi-yu, Shayboniyxondan shafqat so‘rashga qaror beradi. «Yiqqan 
barcha oltinlarimni hazrati xonga moli amon tariqasida to‘lamoqchimen, umrbod 
xizmatlarida bo‘lmoqchimen, qonimdan kechsinlar!» deb arkdan bir mo‘ysafidni vakil 
qilib chiqaradi. Ammo mo‘ysafid arkka qaytib kelmay yo‘q bo‘ladi. Xon askarlari arkning 
tomlari ustiga shoti qo‘yib chiqa boshlaydilar. Talvasaga tushgan Ahmad Tanbal aka-


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin