Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
yashamoqda edilar. Shaharning shimol-sharqidagi Qipchoq darvozasidan narida Shohruh 
mirzo davrida mashhur bo‘lgan Bog‘i Safidda Muzaffar mirzo Bobur sharafiga katta 
ziyofat berdi. Hirotning eng zo‘r pazandalari tayyorlagan g‘izol* kaboblari, ishtaha 
ochuvchi nordon ocharlar*, mohicha nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘ta nozik xushta’m 
suyuq oshlar Muzaffar mirzo o‘z mehmoni bilan o‘tirgan tillakori ko‘shkning yuqorigi 
qavatiga ketma-ket olib chiqilmoqda edi. Sozandalar poygahroqda o‘tirib, qonun va 
udda, g‘ijjak va nayda etni jimirlatuvchi kuylar chalishardi. Hirotning mashhur hofizlari 
ovozlarini uncha baland ko‘tarmasdan, yurakning qat-qatiga singadigan sokin mayin 
tovush bilan ashula aytishar, bu hammasi Boburga juda ulug‘vor bir san’atning 
namunasi bo‘lib tuyulardi. 
Bazm avjiga chiqqanda soqiy Bobur qarshisiga kelib, bir tizzasini gilamga tirab 
cho‘kkaladi, so‘ng yigirma yildan beri xumda kuch yig‘ib yotgan va bugungi ziyofat 
uchun ochilgan tiniq xushbo‘y mayi nobdan surohiyga quydi-da, Boburga uzatdi. Bobur 
hali may ichmagan edi. Ammo hozir eshitgan kuy va ashulalarining ta’sirida birdan uning 
may ichgisi keldi-yu, o‘ng yonidagi Qosimbekka qaradi. 
Obburdonda Boburdan ajralib Hisorga ketgan Qosimbek Qavchin bultur Kobulda barcha 
navkari bilan birga Bobur xizmatiga qaytib kelgan va yana uning eng yaqin 
maslahatgo‘yiga aylangan edi. Qosimbekning o‘zi umrida may ichmagan xudotars kishi 
bo‘lgani uchun Boburni ham ichkilikka yo‘latgisi kelmas edi. 
— Amirzodam, — shivirladi Qosimbek. — Badiuzzamon mirzoning chog‘ir majlisida may 
taklif qilganlarida ichmagan edingiz. Bu yerda ichsangiz, narigi mirzo eshitib ko‘ngliga 
olmasmikin? 
Bu so‘zlar Boburni sergaklantirdi. U bitmay yotgan murakkab va chigal ishlarini esladi-
yu, Muzaffar mirzoga qarab: 
— Faqirni ma’zur tuting, mirzo hazratlari, — dedi. — Men umrimda may ichmaganmen! 
Muzaffar mirzo Boburning may ichishdan qo‘rqayotganini sezib, qah-qah urib kuldi. 
Uning anchagina kayf qilgani shu beandisharoq kulgisidan bilindi: 
— Amirzodam, nahotki butun Andijonu Samarqand may zavqidan bexabar bo‘lsa? 
Mirzo hazratlari, may zavqi Samarqandu Andijonda ham keragidan ortiq. Ammo faqir 
boshqa zavqlardan ortmas edim. Uzrimni hazrat og‘angiz Badiuzzamon mirzo qabul 
qilgan edilar... Faqir andesha qilmoqdamen... 
Badiuzzamon mirzo tilga olingach, Muzaffar mirzo ham jiddiylashdi. Boburning 
andishasi unga asosli tuyuldi-yu, soqiyga: «Bas, qistama!» ishorasini qildi. Bazmda 
Badiuzzamon mirzoning eshik og‘asi Zunnunbek arg‘un ham bor edi. Soqiy podshosining 
ishorasi bilan Boburga qo‘yilgan mayni o‘sha Zunnunbekka berdi. 
Odamlarning kayfi oshgan sari bazm qizib borar, ba’zi beklar ham o‘rtaga chiqib raqs 
qilishar, Mir Sarbarahna, Burxon gung degan mashhur qiziqchilarning askiyalaridan 
ko‘tarilgan qahqahalar shiftdagi naqshlarni ham titratayotganday bo‘lar edi. 
Husayn Boyqaroning o‘limiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan. Hirot xavf ostida turgan og‘ir bir 
vaziyatda shunchalik xushchaqchaq bazm o‘tkazilayotgani Boburdan ham ko‘ra 
Qosimbekning g‘ashini keltirmoqda edi. Qosimbek kulgi, shovqin orasida Boburga 
shivirladi: 
— Bu shirakayf shoh bilan endi muzokara qilib bo‘lmas. Buning ixtiyori onasi Xadicha 
begimda emish. Hozir begimning huzuriga chiqaylik, amirzodam. 
— Ziyofat tugamasdan chiqib ketsak, behurmatlik bo‘lmasmi? 
— Qulingiz kelishib qo‘yganmen. Begim o‘z qasrlarida bizga muntazirlar. 
Askiyachilar musobaqasi tugab, kulgilar bosilgach, Bobur Muzaffar mirzodan hazrat 
begimning huzurlariga borish uchun ijozat oldi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin