Kutubxonasi


* * *  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov  www.ziyouz.com



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   318
yulduzli tunlar

* * * 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
Ertalab kun chiqayotganda Bobur xos navkarlari va beklari bilan Hirotning tashqarisidagi 
keng bog‘-ko‘chadan ketib borar edi. Ko‘chaning ikki tomonida Hirot a’yonlarining 
g‘ishtin devorli, koshinkor gumbazli ko‘shk va chorbog‘lari bor edi. Salobatli bir bog‘ 
hovlining baland devori yonidan o‘tayotganlarida, devor tepasidan kimdir uch-to‘rtta 
atirgul tashladi. To‘q qizil rangli gullardan biri Bobur mingan saman otning o‘siq yoliga 
kelib tushdi. Gulning tikanlari ot yoliga ilinib qolganini ko‘rgan Bobur devor tepasiga 
qaradi-yu, yosh bir qizning qiyg‘och qoshlarini va qosh ustiga bostirib kiygan guldor 
toqisini ko‘rdi. Keyin u ot yoliga ilinib qolgan gulni qo‘liga olib, labiga yaqinlashtirdi. 
Uzoqda yastanib turgan Zanjirgoh tog‘larining baland cho‘qqilariga qor tushgan edi. 
Hirotning kech kuzida nima ham bo‘lib ochilgan bu gulning ajib hidi bor edi. Bobur 
gulning xush bo‘yi dimog‘iga urilgan zahoti jilovni beixtiyor tortib, otini to‘xtatdi. 
Uzangiga oyoqlarini tirab, egardan bo‘y cho‘zdi-da, devor tepasidagi qizga tikilib qaradi. 
Endi unga qizning olov chaqnatib turgan qop-qora ko‘zlari, bu ko‘zlarga nihoyatda 
yarashgan gulrang yonoqlari aniq ko‘rindi. Bobur bu ko‘chadan avval ham o‘tgan edi. 
Qiz avvalari ham uni ko‘rib, tanib qolgan ekanmi, ko‘zlari mo‘ltirab va uyalib bosh egdi. 
Bu uning salom berganimidi yoki xayrlashganimidi? O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi bu 
qizning jozibasiyu mo‘ltirab bosh egishi Boburga shunday ta’sir qildiki, u bir lahza nima 
qilishini bilmay esankirab turdi. 
Bu orada boshqa mulozimlar ham qizni ko‘rib otlarini to‘xtatgan edilar. Boburni Muzaffar 
mirzoning Hirot bo‘yicha dorug‘asi Yusuf Alibek kuzatib bormoqda edi. Qirq yoshlardan 
oshgan ko‘ngilchan bu bek devor tepasidagi qizni tanib kuldi-yu: 
— Iye, Mohimmisiz! — dedi. — Obbo, Mohchuchuk-ey, katta qiz bo‘lib qolibsiz-a! 
Qiz go‘yo endi o‘ziga keldi, «lip» etib, boshini devor ortiga oldi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. 
Yuzi qandaydir ichki olovning taftidan qizargan, ko‘zlari g‘alati chaqnagan Bobur Yusuf 
Alibekdan shoshib so‘radi: 
— Kim? Kim dedingiz? 
— Amirzodam, bu hovli Sulton Sohibqironning uzoq qarindoshlaridan biriga qarashli.
Qizning otasi Husayn Boyqaroning nufuzli devonboshilaridan edilar. Bordi-keldimiz bor 
edi. 
— Hozir bormilar? 
— Borlaru, lekin... davlat ishidan chetlanmishlar. 
— Nechun? 
— Bilmadim, hozirgi podshohlarimiz bilan oralari yaxshi bo‘lmasa kerak. Qandahorgami, 
G‘aznagami ko‘chib ketish taraddusida emishlar, deb eshitdim. 
Otlar yurib bormoqda edi. Bobur Mohim deb atalgan qizning tobora uzoqda 
qolayotganini o‘ylab, ko‘nglida kuchli bir armon sezdi. Yigirma kun Hirotda yurib, bu 
qizni nega faqat endi, jo‘nab ketayotgan paytda ko‘rdi? 
Bobur hali ham qo‘lida ushlab borayotgan gulga qaradi. Boyagi go‘zal qiz Hirotning 
butun nafosatini o‘z jozibasi bilan birga mana shu gulga muattar hid kabi joylab 
berganga o‘xshar edi. 
Bobur gulni yana bir hidladi-da, boshidagi sallasining qatiga ko‘zga uncha 
tashlanmaydigan qilib qistirib qo‘ydi. 
Lekin undagi nafis bir hayajonni Qosimbek zimdan kuzatib bormoqda edi. Boburga 
otadek g‘amxo‘r bo‘lgan bu odam shunday ko‘hlik yigitga munosib bir qiz uchrashini 
ko‘pdan beri kutib yurardi. Bobur esa ko‘z ochib ko‘rgan yostiqdoshi Oyisha begimning 
bevafoligi-dan qattiq ozor chekkani uchun ayol zotidan tortinar, ancha-muncha qizlarga 
moyillik bildirmas edi. Hirot malikasi Xadicha begim uni asilzoda xonadonlarga kuyov
qilishga urinib ko‘rdi. Bobur ro‘yxushlik bermadi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin