Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
Xonzoda begim Boburning ko‘zlarini, boburona ovozni endi tanidi-yu, o‘zini inisining 
bag‘riga otdi. Qo‘llarini yuzi bilan birga Boburning ko‘kragiga bosdi. Bobur opasining 
yelkalaridan quchdi, uning sog‘inch va quvonch bilan aytgan so‘zlarini qulog‘i bilan 
emas, go‘yo ko‘ksi bilan eshitdi: 
— Boburjon! Siz... Siz o‘shanda mendan ranjigansiz!.. Bilamen... Boshingizga ta’na 
toshlari yog‘ilgan... Men... aytolmagan edim. O‘zim uchun emas, siz uchun... 
— Men ham buni keyin bildim. Siz meni qutqarish uchun o‘zingizni xonga tutib 
bermishsiz. Men sizdan umrbod qarzdormen! 
— O‘shal qarzingizni mana endi uzdingiz, Boburjon. Bu daf’a meni siz qutqardingiz! Agar 
Shoh Ismoilga yozgan nomangiz bormasa, meni ham, xon harami bilan asir tushgan 
ayollar qatori, biron bek yoki mulozimga tutqun qilib berur edilar. Shoh Ismoil siz tufayli 
meni shunchalar izzat-ikrom bilan ozod qilib, kuzatib qo‘ydi. Sizdek inim borligi uchun 
xudoga ming shukrlar qildim! 
Xonzoda begim yuzini Boburning ko‘ksidan oldi-yu: 
— Hazrat onamlar qaydalar? — dedi. — Bultur bir shumxabar eshitdim, rostmi? 
— Besh yil burun... Xasba*dan jon berdilar. Kobulning Bog‘i Navro‘ziysig‘a qo‘ydik. 
— E voh, ellikka ham to‘lmay ketibdilar-a!.. 
— Menga ham shunisi behad alam qildi! Saksonga, to‘qsonga kirganlar ozmi? 
— Onamni g‘amu g‘urbat ado qilgan, amirzodam! Bizni deb ozmuncha kulfat 
chekdilarmi! 
Muhammad Ko‘kaldosh gapni boshqa yoqqa burdi: 
— Taqdirga chora yo‘q, begim. Mana bugun siz podshoh hazratlari bilan yana 
topishganingizdan hazrat onangizning arvohlari shod bo‘lur! Qani, o‘tirsinlar. Fotiha 
o‘qiylik. 
Zarbof ko‘rpachalar ustiga o‘tib o‘tirdilar. Bu orada tashqaridan begimni ko‘rish uchun 
kirgan Qosimbek qavchin Qutlug‘ Nigor xonimning ruhiga bag‘ishlab tilovat qildi. 
Keyin Xonzoda begim kanizlari orasida hammani jimgina kuzatib o‘tirgan o‘g‘ilchasi 
Xurramshohni imlab chaqirdi. 
Bolaning oq-sarg‘ish yuzi, ko‘zining ko‘kimtirligi, qisqa bo‘yni va siyrak qoshlari xuddi 
Shayboniyxonnikiga o‘xshar edi. Bobur Shayboniyxonni ko‘rmagan bo‘lsa ham Xonzoda 
begim o‘g‘lini unga tanishtirayotganda bolaning qiyofasida xon otasidan meros qolgan 
alomatlarni aniq ko‘rganday bo‘ldi. 
Xurramshoh yetti yoshga kirar-kirmas otasi uni Balx viloyatiga hokim qilib qo‘ygan edi. 
Hokimlikni bolaga atka qilib belgilangan Madhi Sulton qilsa ham Xurramshoh o‘z 
qarshisida katta-katta odamlarning bosh egib ta’zim qilishlariga anchagina o‘rgangan 
edi. Xonzoda begim o‘g‘liga Boburni ko‘rsatib: 
— Tog‘oyingiz mana shu kishilar! — deganda Xurramshoh Boburning xayolidan o‘tgan 
narsani sezib yotsiradimi yoki uning kiyimlari jo‘nligini ko‘rib, nazariga ilmadimi, istar-
istamas bosh irg‘ab salom berdi. Ammo tog‘asiga yaqin bormadi. Shunda Xonzoda 
begim uni yelkasidan sekin itarib qulog‘iga shivirladi: 
— Esingizni yig‘ing, podshoh Bobur mirzo huzuridasiz! Shoh Ismoil shu hazrat tufayli 
sizni ozod qildi! 
«Podshoh» va «hazrat» degan so‘zlardan bolaning ko‘zlari go‘yo charaqlab ochilib ketdi. 
Shu payt Bobur jiyanining ko‘zlari oyisinikiday yirik-yirik ekanini sezdi. 
Tojdorlar bilan muomala qilishning mashqini yaxshi olgan bola endi tizzachasini gilamga 
tirab, Bobur qarshisida yukundi, so‘ng ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, egilib ta’zim qilar ekan
chuchuk til bilan: 
— Hazratim, men sizga... sizga xizmatqa keldim!— dedi. 
Bobur uning burni ham Xonzoda begimniki kabi qirrali ekanini endi ko‘rdi va bu bolaga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin