Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
214
nisbatan qalbida tutun aralashgan olovday murakkab bir iliqlik sezdi. 
— Xizmatga kelgan bo‘lsangiz xush ko‘rdik, shahzoda, — dedi-yu, bolani qo‘lidan olib, 
o‘ng yoniga o‘tqazdi. 
Shu payt tashqaridan ellik yoshlardagi semiz haram bekasi ta’zim qilib kirdi: 
Podshoh hazratlari, Mohim begim olinasab egachingiz huzuriga kelishga ijozat 
so‘radilar! 
Bobur Xonzoda begimga qarab sirli bir tarzda jilmaydi. So‘ng bekasiga buyurdi: 
— Ayting, kelsinlar! Mirzo Humoyunni ham ola kelsinlar. 
Boburning yosh xotini Mohim begim keksa Qosimbek o‘tirgan xonaga kirishdan iymanib 
kelolmayotganini hamma sezdi. Qosimbek va Muhammad Ko‘kaldosh Boburdan ruxsat 
olib, sekin eshikdan chiqdilar. 
Mehmonxona oldida odam ko‘p. Marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek, uning ukasi Kichik Xo‘ja, 
quvalik Tohir ko‘rchi, toshkentlik Saidxon, samarqandlik Majid barlos, Yusuf Andijoniy 
degan bir navkar — hammalari vatanlarining daragini olib kelgan Xonzoda begimni 
ko‘rmoqchi bo‘lishar, ammo ichkariga kirishdan istihola qilib turishar edi. Qosimbek 
ularga: 
— Avval haram ahli bilan ko‘rishsinlar, keyin sizlarga ham ruxsat so‘rarmiz, — deb ularni 
tarqatib yubordi. 
* X a s b a — ichterlama, tif.
2 
Shaftoli gulli ipak qabosi ingichka beliga, nazokatli qaddi-qomatiga juda yarashgan bir 
juvon shahzodalarcha yasantirilgan uch yashar bolani qo‘lidan yetaklab, eshikdan ohista 
kirib keldi. Bolachaning yuz-ko‘zi Boburga o‘xshashini Xonzoda begim bir qarashdayoq 
sezdi-yu, tez o‘rnidan turdi. Mohim begim kelinlik nazokati bilan egilib ta’zim qildi. 
Xonzoda begim unga peshvoz chiqib, avval yelkasiga qo‘llarini qo‘yib ko‘rishdi. So‘ng 
juvonning yuzidagi nafis oq pardani sekin ko‘tarib qaradi-da, uning ajib bir latofatini 
yurakdan his qilib zavqi keldi. Kelinini peshonasidan, ko‘zlaridan quvonib o‘pdi, so‘ng 
shodlikdan balqigan yuzini Boburga o‘girdi. 
— Muborak bo‘lsin! Bir-birlaringizga benihoya munosibsizlar! Baxtli bo‘linglar! 
Kichkina Humoyun bir qo‘lchasi bilan onasining etagidan tutib pastdan yuqoriga maroq 
bilan qarab turardi. Xonzoda begim uni qo‘liga ko‘tarib oldi. Bola ammasini birinchi 
marta ko‘rayotgan bo‘lsa ham, bu istarasi issiq ayolni ko‘pdan beri biladigandek 
begonasi-ramas edi. Xonzoda begim bolaning lo‘ppi yuziga yuzini qo‘yib erkalatganda 
Humoyun buni yoqtirib kulimsiradi. 
Xonzoda begim uni o‘zining o‘g‘ilchasi oldiga ko‘tarib olib bordi-da, yerga qo‘ydi: 
— Qani, kichkina tog‘acha «katta» jiyancha bilan tanishsinlar-chi! 
Uch yashar boburiyzoda bilan to‘qqiz yashar shayboniyzoda avval bir-birlariga jim tikilib 
turdilar. Keyin Humoyun Xurramshohning belidagi kichkina bezakdor xanjarchasiga 
qiziqib qo‘l cho‘zdi. Xurramshoh uning qo‘lini olib ko‘rishdi-yu, ammo xanjarini bergisi 
kelmay orqaga chekindi. Buni ko‘rgan kattalar kulib yubordilar. 
Xonzoda begimning boshidan kechgan barcha dahshatlar, Qunduz yo‘lida uning yuragini 
titratgan noma’lum xavfu xatarlar shu bir quvnoq kulgi bilan go‘yo uzoq o‘tmishga 
aylandi. Xonzoda begim iymanib tabassum qilayotgan kelinini bir yoniga o‘tqazdi. 
Ikkinchi yonida xushchaqchaq kulimsirab bolalarga qarayotgan Boburni ko‘rdi. 
Yaqinginada o‘zlari ham mana shu tog‘acha-jiyan kabi yosh bola bo‘lgan paytlari esiga 
tushdi. Og‘ir ayriliq yillarida opa-uka ikkovlari ham farzandlik bo‘lganlari, dushman 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin