Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
xonadonlaridan chiqqan bu bolalar endi go‘daklarcha bir ma’sumlik bilan ta-
nishayotganlari qahraton qish ketidan kelgan bahordek behad yoqimli edi. 
Xonzoda begim keliniga yana bir qarab oldi-da, keyin Boburga sho‘x nazar tashladi: 
— Tole sizga endi kulib boqibdi, amirzodam! O‘zingizga bunchalik munosib malikani 
qanday uchratdingiz! Mohim begim, qayerliksiz? 
— Xurosonlik, hazrat begim. 
Mohim begim Boburga: «Bog‘ko‘cha devoridan gul tashlaganimni aytib meni uyaltirib 
qo‘ymang yana!» degandek iltimoskorona qarab oldi. Bobur uning bu qarashidagi 
ma’noni sezib, zavqli jilmaydi. So‘ng Mohim begimning Husayn Boyqaroga qarindoshligi 
borligini, otalari bundan to‘rt yil burun Badiuzzamon mirzo bilan chiqisholmay G‘aznaga 
kelib qolishganini opasiga aytib berdi. Bobur Mohimning ota va og‘alarini G‘aznadan 
Kobulga taklif qilgan, keyin bu yerda Mohim bilan yana ko‘rishib unga uylangan edi. 
— Hirot bilan Murg‘ob oralig‘ida Hazrati Jom degan shahar bor, ko‘rganmisiz? — so‘radi 
Bobur opasidan. 
— Ko‘rganmen! Ulug‘ shoir Ahmad Jomiyning nomlariga qo‘yilgan. 
— Begimning ona avlodlari ana o‘shal Hazrat Jomiyga xesh ekanlar. Ustod Abdurahmon 
Jomiyga hamshahar ekanlar. 
Bobur hazilomuz kulib qo‘shib qo‘ydi: 
— Begimning o‘zlari ham shunday shoirparvaru she’rshunoslarki, Jomiy bilan Navoiyning 
barcha g‘azallarini yod bilurlar. Ammo biz she’r yozsak, munaqqidlik* qilib, nuqsini 
ko‘rsaturlar. 
Mohim erining haziliga hazil bilan javob berdi: 
— Munaqqid bo‘lmay ilojim yo‘q, chunki hazratim mening ta’rifimda ko‘p mubolag‘a 
qilurlar! 
Xonzoda begim er-xotinning hazilkashligidan zavqlanib kuldi: 
— Lekin ta’rifingizda qancha mubolag‘a qilsalar ham oz! 
— Minnatdormen, hazrat begim! — Mohim endi hayajonli tovush bilan gapirdi: — Men 
sizning jasoratingizni, fidoyiligingizni hazratimdan eshitib, o‘zingizni ko‘rish orzusida 
edim. Tangrimga shukr, bugun shu orzuyim ro‘yobga chiqdi. Hazrat begim, men sizni af-
sonaviy bir malika deb o‘ylar edim. Biroq o‘zingizni ko‘rdimu sizdagi mehrigiyo afsonaviy 
malikalarda ham bo‘lmas, deb o‘yladim! Endi uyimizning peshgohi ham, ko‘nglimizning 
to‘ri ham sizniki! 
Mohim begim bu gaplarni samimiy bir ixlos bilan aytganini sezgan Xonzoda begim: 
— Bizga sizdek kelin bergan tangrimga shukr! — deb qo‘ydi. 
Xonzoda begim birdan Oyisha begimni esladi va uni Mohim begimga taqqoslab ko‘rdi. 
«Bir hisobda, Boburjon avvalgi xotini bilan ajrashib ketgani ham yaxshi bo‘lgan ekan», 
deb qo‘ydi o‘zicha. So‘ng xon haramida o‘zining tortgan azoblarini eslab ketdi. 
Bobur o‘ttiz to‘rt yoshli Xonzoda begimning sochlariga bitta-yarimta oq oralab qolganini 
endi ko‘rdi. Shu turishda opasi Boburga onasining endi beva qolgan o‘ttiz yetti-o‘ttiz 
sakkiz yasharli paytlarini eslatdi. Xonzoda begim ham endi beva edi. Bobur shuni 
o‘yladi-yu: 
— Siz meni deb ko‘p azob tortgansiz! — dedi. — Sizni eson-omon dargohimizga 
yetkazdirgan Shoh Ismoilning yaxshiligini hech vaqt unutmasmen! 
Shoh Ismoil tilga olinishi bilan Xonzoda begimning chehrasi yana ochildi. 
— Shohning Tojli xonim degan yoshgina, ko‘hlikkina xotini bor ekan, — deb hikoya qila 
boshladi. — Shu juvon meni shohning huzuriga boshlab kirdi. «Shoh Ismoil sunniy 
mazhabidagilarni o‘ldirib, terisiga somon tiqdirarmish» degan vahimali gaplarni ko‘p 
eshitgan edim. «Bahaybat bir odam bo‘lsa kerak», deb titrab-qaltirab bordim. Qarasam, 
yigirma to‘rt-yigirma besh yoshli xushsurat bir yigit taxtda o‘ltiribdi. Soqol qo‘ygan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin