Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
219
— Nahotki Shoh Ismoil shunday jaholatga yo‘l bergan bo‘lsa? 
Mening bilishimcha, bu ishdan shoh bexabar qolgan. Hirotdagi mudhish ishlarga 
shohning Xuroson bo‘yicha noibi Najmi soniy boshchilik qilgan. 
— Ne bo‘lganda ham hazrati Jomiy ming marta haqlar: shia-sunniy nizolari ko‘ngilni 
ozdiradigan darajada xunuk!.. Hayhot, dunyoning ishlari hamisha chigal! 
Tug‘ishganlardan-ku, do‘st-yor topolmadim. Endi taqdir menga Shoh Ismoildek bir mard, 
tanti, fozil do‘st berdi, deb suyunsam, buning ham ishkal ishlari bor ekan. 
Mohim begim Boburning ko‘ngliga cho‘kkan g‘uborni tarqatgisi kelib, kulimsirab gapirdi: 
— Gul tikansiz bo‘lmas ekan-da, hazratim! 
Bobur xotinining jilmaygan yuziga tikilib qaradi-yu, o‘zining ham chehrasi ochila 
boshladi. Shuncha ayriliqlardan keyin sevimli opasi bilan yana uchrashgani, bu 
quvonchga Shoh Ismoil tufayli muyassar bo‘lgani takror esiga tushdi. Qunduzda 
shayboniyzodalardan ixlosi qaytgan yigirma ming kishilik qo‘shin mo‘g‘ul beklari 
boshchiligida Bobur huzuriga kelgani va uning xizmatiga o‘tgani yana yodiga tushdi-yu
ko‘nglini yayratib o‘tdi. 
Bobur ko‘zini Mohim begimdan olib opasiga qaradi: 
— Endi hech bir gulning tikanidan qo‘rqmasmiz! Maqol borki, guli uchun tikani ham 
noiloj sug‘orilur... Shoh Ismoil shunchalik odamgarchilik qilibdi! Mayli! 
Bobur o‘rnidan turdi. U shohdan kelgan elchi bilan uchrashishi kerak edi. Mohim uni 
eshik oldigacha kuzatib bordi. Bobur eshikdan chiqayotib, Xonzoda begimni qayerga 
joylashtirish va qanday e’zozlash haqida xotiniga ko‘p gapirib o‘tirmadi-yu: 
— Egachimni onam o‘rnida ko‘rgaysiz! — dedi. Shu bir og‘iz gapdan hamma narsani 
anglagan Mohim ham: 
— Jonim bilan! — deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. — Sizdan ham bir iltimos, hazratim. 
— Xo‘sh! 
— Biz tikan deb o‘ylagan narsalar og‘uli tig‘lar bo‘lib chiqmasin. Ehtiyot bo‘ling! 
Bobur xotinining hamma narsaga fahmi yetadigan ziyrak bir do‘st ekanini hozir yana bir 
marta sezdi-yu, unga mehri toblanib: 
— Xotirjam bo‘ling! — dedi. 
So‘ng qalbi uchrashuv quvonchiga, mehribon ayollar nafosatiga va ma’sum bolalar 
zavqiga to‘lib, qo‘rg‘on hovlisiga chiqdi. 
Devonxonaga yaqinlashganda elchilar bilan bo‘ladigan muomalani ko‘z oldiga keltirdi-yu: 
«Molu dunyoni ayamaslik kerak» degan niyatni ko‘ngliga tugdi. 
______________ 
* M u n a q q i d l i k — tanqidchilik. 
* K o‘ h a k — hozirgi Zarafshon. 
* Tarjimasi: Ey dunyoning yosh otashparasti, menga mayim jomini bergilki, sunniy va shia nizolaridan qusgim kelmoqda. Desalar: Jomiy, sen 
qaysi mazhabdansen? Yuz shukrki, sunniyning iti-yu, shianing eshagi emasman!
3 
Boburning buyrug‘i bilan Vali xazinachi bisotida bor eng qimmatbaho duru gavharlardan, 
Badaxshon la’lilariyu oltin bezakli kiyimlardan, kamyob tig‘lar va buyumlardan shohga 
alohida, uning elchisiga alohida in’omlar hozirladi. Saroy bovurchilari, bakovul va 
yasovullar ikki kechayu ikki kunduz yugurib-yelib, Qunduzda hali misli ko‘rilmagan 
shohona ziyofat va bazmga hozirlik ko‘rdilar. Ulkan ziyofat uchun hisoriy qo‘ylarning 
o‘zidan yetmish-saksontasi so‘yildi. Tog‘lardan, o‘rmon va daryolardan ovlab kelingan 
g‘ozlar, kakliklar, ohular soni bundan ko‘proq edi. 
Shoh Ismoilning mehmondorchiliklarini ko‘p ko‘rgan odamlardan biri — Boburning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin