Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
etaversa? Axir bir men emas, o‘nlab zakovatli olimlar, hunarpeshalar, shoirlar jaholat 
dovuli bilan Movarounnahru Xurosondan quvilmishlar. Ilgari qora kuchlar bizni 
Andijondan quvsalar, Samarqanddan panoh topar edik. Samarqand johillari kun 
bermasalar Hirotdan najot izlar edik. Endi Andijonu Samarqand ham, Buxoroyu Hirot 
ham — barchasi ko‘chmanchi sultonlaru diniy adovatlar dovulidan zir titramoqda. Dovul 
uchirgan xazonday vatanidan quvilgan qancha ma’rifatlik olimu san’atkorlar, qancha 
nodir iste’dodlar behuda hayf bo‘lib ketmoqdalar. Bizning vatandan ayrilishimiz — 
daryoning o‘zanini yo‘qotib, dashtu biyobonga toshib chiqib ketishiga o‘xshaydir. 
Amudaryo bir vaqtlar shu kuyga tushgan ekanu to o‘ziga yangi yo‘l solib, boshqa bir 
dengizga borib qo‘yilguncha u yoqdan-bu yoqqa bosh urib, toshib yurgan ekan. Biz ham 
umr bo‘yi u yoqdan-bu yoqqa bosh urib munosib o‘zanimizni topolmaymiz. Endi bu 
kajraftor falak hech bo‘lmasa farzandlarimizga rahm qilsin! Biz bo‘lmasak, bular o‘zlariga 
munosib o‘zan chopib, yangi bir madaniyat dengiziga borib quyilsinlar! 
Umr bo‘yi o‘z ijodiy rejalarini amalga oshirolmay kuyib yurgan iste’dodning bu alamli 
nidosi Xonzoda begimni titratib yubordi. 
— Mavlono, faqat siz emas, Bobur mirzo ham o‘zanini yo‘qotgan daryodek bezovtalar! 
— Bilamen, taqdir ul hazratga ham o‘gaylik qilmishdir! 
— Ammo Bobur mirzo sargardon bo‘lib yurgan iste’dodlar daryosini bir joyga 
yig‘moqchilar, nasib bo‘lsa, ilmu san’atning yangi bir dengizini barpo qilmoqchilar. 
— Biz uchun so‘nggi umid hali ham Bobur mirzodirlar. Shuning uchun o‘g‘lim bilan 
Kobulga keldik. 
— Qaerga joylashdilaringiz, mavlono? 
— Jiyanim Tohirbeknikiga tushdik. O‘zi safarda ekan... 
Ota-bola ikkovlari ham eski kiyim kiyishgan, rang-larini juda oldirib qo‘yishgan. Ularning 
moddiy jihatdan ham qiynalib yurganlarini sezgan Xonzoda begim yana o‘rnidan turib, 
ichkari xonaga kirib ketdi. Qabosining cho‘ntagidan kalit olib, tokchada turgan po‘lat 
sandiqni ochdi. 
Inisi Bobur mirzo Xonzoda begimga eng nufuzli a’yonlari qatori ulufa tayinlagan edi. Har 
oyda xazinadan charm hamyonga solingan ming dinor oltin kelib turar edi. Xizmatkorlar 
begimga berilgan mulkning ekin-tikini bilan tirikchilik o‘tkazishardi. Begimning bir o‘ziga 
ko‘p pul ketmas, shuning uchun xazinadan kelgan oltin to‘la hamyonlarning anchasi 
po‘lat sandiqda taxlanib turar edi. 
Xonzoda begim mavlono Fazliddinning kichikroq bir hovli va ot sotib olishi, kiyim-
kechagi, uch-to‘rt oylik tirikchiligi uchun qancha pul ketishini chamalab ko‘rdi-da, ming 
dinorlik hamyonlaridan ikkitasini oldi. So‘ng ularni boyagi xizmatkorga berib, oltin 
barkashda ko‘tartirganicha ota-bolaning oldiga qaytib chiqdi. 
Mavlono Fazliddin hamyonni ko‘rib, xijolat cheka boshladi. Xonzoda begimdan pul olish 
unga og‘ir edi. 
— Mavlono, bu hamyonlar Bobur mirzoning xazinalaridan kelmishdir. O‘zlari 
bo‘lmaganliklari uchun ulufalarini men sizga topshirmoqchimen. Biri — o‘g‘lingiz 
Aloviddinga. Marhamat! Olingiz! 
Aloviddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, endi birinchi marta og‘iz ochib gapirdi: 
— Rahmat, hazrat begim, biz sizdan behad minnatdormiz! 
Uning yoqimli tovushi va so‘zlarni mayin talaffuz qilishi mavlono Fazliddinning yigitlik 
paytini eslatar edi... Shu tufayli ota-bola ikkovi ham begimga benihoya aziz ko‘rinardi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin