Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
edi. Bundan uch kun oldin Bobur shu rojaning elchisini qabul qilgan, lekin unga nima 
javob berganini hali ko‘pchilik bilmas edi. Mohim eriga mayin tikilib: 
— Bir savolga ijozat bering, — dedi. 
— Marhamat. 
— Rano Sinx bilan ham ittifoq tuzdingizmi? 
Bobur tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi. 
— Men Hindga borsam, uni talab kelish uchun emas, balki umr bo‘yi intilib 
yetisholmayotgan orzularimni o‘sha yerda ro‘yobga chiqarish uchun bormoqchimen! 
Hozir shu maqsadga yetishish uchun qulay fursat keldi. 
— Biroq bu maqsadingiz yo‘lida dahshatli bir choh— qonli urush bor! 
— Biz bu chohdan ot sakratib o‘tmog‘imiz mumkin. 
— Hazratim, siz ot sakratib o‘tganingizda ham, bu chohga ming-ming bevayu 
sag‘iralarning ko‘z yoshlari to‘kilgay! Begona yurtning onalariyu bevalari siz bilan 
urushda o‘lgan farzandlariyu erlarining o‘limini kechirarmikinlar? 
— O‘shal onalaru bevalarning farzandlariyu erlari parokanda yurtning ichki urushlarida 
ozmuncha halok bo‘lmoqdami? Ibrohim Lodi goh Panjob bilan, goh Gvalior bilan, goh 
Bangola bilan jang qilur. Narigilar ham bir-birlari bilan taxt talashib urushurlar. Har yili 
qirq-ellik ming navkar bu o‘zaro urushlarda behuda halok bo‘lmoqda. Mamlakat bizning 
Movarounnahrdek xarob. Bu to‘polonlardan bezgan hind beklari qochib kelib mendan 
panoh topdilar. Shulardan biri Hindubek besh yildan beri mening nufuzli amirlarim 
qatorida yurganini bilursiz. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni obod 
qilishni, ilmu ma’rifatni yuksaltirishni o‘ylaydilar. 
— Agar bunday ma’rifatli podshoh o‘z yurtlaridan chiqsa edi, ulug‘ davlat tuzish yo‘lida 
noiloj to‘kiladigan qonlar osonroq unutilmog‘i mumkin edi. Ammo boshqa yurtdan 
borgan fotihlarning to‘kkan qonlari fotihlik qilichidan yetgan dil yaralari asrlar davomida 
unut bo‘lmag‘ay, tuzalmag‘ay! Men ana shundan xavotirdamen, hazratim! 
Mohimning so‘nggi so‘zlari Boburning dilidagi eng og‘riydigan yarani tirnaganday bo‘ldi. 
U ozorlanib o‘rnidan turdi: 
— Taqdir qilichi bizning dilimizni ozmuncha yaraladimi? Qani bu yaralarning unut 
bo‘lgani? Qani tuzalgani?! 
Bobur kaftini kaftiga qahr bilan urib, savdarboshini chaqirdi: 
— Men boya ayvonda chog‘ir keltirishni buyurgan edim! Nechun keltirmadi? 
Uning avzoyi keskin o‘zgarganini, hozir savdarboshi kirsa biron jazo olishi mumkinligini 
Mohim begim sezdiyu tez o‘rnidan turdi. 
— Hazratim, chog‘ir ichgingiz kelsa, marhamat, men saqlab qo‘ymishmen, — deb ipak 
parda bilan to‘silgan tokchadan oltin ko‘zacha to‘la may va ikkita nafis chinni piyola oldi. 
Boshqa tokchada guldor dasturxon bilan bir lagan norinj turgan edi. Dasturxonni apil-
tapil shahnishinga yozib, norinjni unga qo‘ydi-da, Boburni taklif qildi. Ko‘zachadan chinni 
piyolaga xushbo‘y mayni quyar ekan: 
— Ijozat bersangiz, men hozir soqiylik qilsam!— dedi. 
Bobur o‘tirar ekan, ijozat ma’nosida bosh irg‘adi. 
Mohim piyolaga yarmidan oshiribroq may quydi-yu, chap qo‘li ko‘ksida, o‘ng qo‘li bilan 
Boburga uzatdi: 
— Oling, hazratim, sizga uzoq umr, baxtu saodat yor bo‘lg‘ay! 
Piyoladagi tiniq xushbo‘y ichimlik Mohimning qo‘li bilan birga xiyol titrab turibdi. Bobur 
piyolani olar ekan, xotini iliq bir gap kutayotganini sezdi. Lekin hozir uning qalbida 
qandaydir sovuq izg‘irin xuruj qilmoqda edi. Harbiy va siyosiy ishlarning qorbo‘roni 
xayollarini chirmab, goh hazora qabilalari bilan bo‘lgan qonli to‘qnashuvlarga olib ketar, 
goh Panjobga bog‘liq chigal muammolar, goh karvon yo‘llarida talonchilik qilgan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin