Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
312
Menga saroylaru qasrlarning keragi yo‘q. Mana shu Zarafshon bog‘ining bir go‘shasi 
bo‘lsa bas... Ortiqcha savdaru mulozimlar ham darkor emas. Tohir oftobachining bir o‘zi 
menga yetarlik. Humoyunga shu qarorimni aytib, ikkovimizning nomimizdan yozing! 
Mohim begim Boburga juda og‘ir tegadigan mavzularda gap ochganidan endi qattiq 
pushaymon bo‘ldi-yu, eriga iltijo qilib: 
— Meni kechiring! — dedi. — Men hech xayolimga keltirmagan gap... Bu mumkin emas! 
Men bunday maktubni yozolmasmen! 
Bobur o‘rnidan turdi. 
— Bo‘lmasa men o‘zim yozgaymen, — deb ko‘shkdan chiqdi. 
U bog‘ oralab xilvatxonaga qarab borayotganda gulzor yo‘lkada kichkina Gulbadanni 
uchratdi. Ziyrak qizcha otasini qiynab yurgan mushkulotlarni tushunmasa ham unga ich-
ichidan qayishib, hamdardlik bildirayotgandek mo‘ltirab qarab turardi*. 
___________________ 
* Boburning farzandlari orasida eng uzoq umr ko‘rgan va saksonga kirgan Gulbadan begim bolaligida ko‘rgan bilganlarini «Humoyunnoma»da 
batafsil yozgan. U otasining oxirgi paytda toju taxtdan astoydil ko‘ngli qolganiga, hokimiyatni Humoyunga berib, o‘zi Tohir oftobachi bilan bir 
go‘shada yashamoqchi bo‘lganiga dalillar keltirgan.
2 
Otasining maxfiy maktubi borganda Humoyun Sambxalda og‘ir kasalga chalinib 
to‘shakda yotgan edi. Maktubni o‘qigach odamlariga: 
— Meni tezroq Agraga yetkazinglar!— deb buyurdi. 
Dehliga kelguncha Humoyunning isitmasi yana oshib, kasali battar og‘irlashdi. Uni olib 
kelayotgan Hindubek yo‘lda biror kor-hol bo‘lishidan qo‘rqib, darhol Agraga xabar 
yubordi-yu, o‘zi Dehlida qolib Humoyunni eng yaxshi tabiblarga davolata boshladi. 
Lekin doru darmon kor qilmas, qora bezgakka o‘xshash bir dard Humoyunni kechayu 
kunduz kuydirib, go‘yo jingak qilib tashlamoqda edi. 
Agradan ikki kechayu kunduz otliq yo‘l yurib, Mohim begim yetib keldi. Daryo yo‘li 
tinchroq va salqinroq deyishib, Humoyunni Dehlida kemaga solishdi-da, oqim bo‘ylab 
Agraga olib kelishdi. 
Humoyunni taxtiravonga yotqizib, sakkiz yigit Zarafshon bog‘iga ko‘tarib kirdi. Bobur 
rangi yerday o‘ngib ketgan Mohim begimni ko‘rgandayoq, yuragi «shuv» etib ketdi. 
Yigitlar ko‘tarib kelayotgan taxtiravon uning ko‘ziga tobutday sovuq ko‘rindi. 
Humoyun tuni bo‘yi alahlab behush yotdi. Faqat sahar palla ko‘zini xiyol ochib, tepasida 
turgan otasini tanidi, o‘rnidan turgisi kelib qimirladi, lekin boshini ko‘tarishga ham 
madori yetmadi. Otasining maxfiy maktubida yozilgan gapga rozi bo‘lolmasligini 
aytmoqchi bo‘lib: 
— Biz... xizmatda... sizsiz... — «Mumkin emas!» deganday bosh chayqadi-yu, keyin 
yana allahlay boshladi. — G‘ulga uring... uring! Ketdi!.. To‘xta!.. 
Humoyun nafasi qaytganday talvasa qilib, o‘zini u yoqdan-bu yoqqa bir-ikki otdi-yu, 
yana hushidan ketdi. 
Saroy tabiblari bu og‘ir dardga hech bir davo topolmadilar. Mohim begim yum-yum 
yig‘laydi. Bobur suyukli o‘g‘lini hadeb o‘tga-suvga solib, shu kasallikka o‘zi ham sababchi 
bo‘lganday o‘rtanardi. Og‘ir paytlarda Bobur suyanib o‘rgangan odamlar biron chora 
topishni undan kutadilar. Lekin hozir u ham chorasizlikdan o‘zini qo‘yadigan joy 
topolmay qiynaldi. Keksayib munkillab qolgan shayxulislom Boburning yoniga keldi: 
— Hazrati oliylari, ko‘p g‘am chekmang, parvardigor g‘oyibdan shifo yuborgusidir, — 
dedi. — Tabiblardanki ish chiqmadi, endi xudo yo‘liga dunyo molidan tasaddiq qilmoq 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin