Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
— Tohir, bu ishlaringdan nima foyda? — dedi Mahmud. — Undan ko‘ra boltani menga 
ber. Mana bu mixlangan yog‘ochlarini ko‘chirib tashlaylik. 
Hansiragan Tohir Mahmudning oldiga keldi. Qorong‘ida mix ko‘rinmasa ham kasbi 
duradgor bo‘lgan Mahmud yog‘ochning mix qoqilgan joyini tusmollab topdi. Tohir 
ikkalasi ko‘prikka ko‘ndalang qo‘yib mixlangan taxtasimon bir yog‘ochni ko‘chirib olishdi. 
Ammo ikkinchi yog‘ochni ko‘chirish juda qiyin bo‘ldi. 
— Aytmoqchi, arra bor-ku? — dedi Mahmud. 
Bir chetda yotgan arrani Tohir paypaslab topdi. Ikki yigit uning ikki dastasidan olib, 
ko‘prik yog‘ochlarini arralashga tushishdi. 
— Shoshma! — dedi Tohir. — Bu yerdagi besh-o‘nta yog‘ochni arralab tashlaganimiz 
bilan hech ish chiqmaydi. 
— Nega chiqmasin? Ot-arava o‘tolmaydigan qilamiz! 
— Birorta ustani olib kelib, ko‘prikni tuzatib, o‘tib ketaversa-chi? 
— Foydasi yo‘q ishga unnadik chamasi-da! — dedi juvozkash yigit umidsizlanib. 
— Yo‘q, biz ko‘prikni bo‘yiga emas, eniga qarab arralashimiz kerak. 
— Eniga qo‘yilgan yog‘ochlar juvozkundaday yo‘g‘on-ku. Arralab bo‘ladimi? 
— Bo‘ladi! 
To‘rt kishi navbatma-navbat arra tortib, ko‘prikning ko‘ndalangiga to‘sin qilib qo‘yilgan 
yo‘g‘on va qattiq yog‘ochni arralayotganda qora terga botib ketishdi. Iliq yomg‘ir hali 
ham savalab turar, ularning yuzlari va badanlaridan oqqan ter yomg‘ir suviga qo‘shilib 
kiyimlarini shalabbo qilgan edi. Yigitlarning maqsadi ko‘prikni ikki tomondan ushlab 
turgan o‘qyog‘ochlarni arralab, uni bir-ikki joyidan uzib tashlash edi. Ammo ular 
ko‘prikning har ikki tomonidagi yo‘g‘on o‘qyog‘ochlarni arralab qirqishdi hamki, ko‘prik 
ular kutganday uzilib tushmadi. Uni yana qandaydir mixlar, bir-biriga tishlatib qo‘yilgan 
bolorlar va «belbog‘» yog‘ochlar mahkam ushlab turardi. Tohir bilan Mahmud arrani 
qo‘yib, yana boltani qo‘lga olishdi, qorong‘ida timirskilanib, bolorlarga tishlatilgan qavs 
mixlardan besh-oltitasini topishdi va ko‘chirib tashlashdi. Shundan keyin ko‘prikning 
allaqayeri qirsilladi-yu, ammo o‘zi avvalgiday turaverdi. 
— Bo‘ldi! — dedi Mahmud madorsizlanib. — Qo‘limizdan kelmaydigan ishga unnabmiz! 
— Padariga la’nat! — deb, Tohir qo‘lidagi bolta bilan yana ko‘prik qanotlarini qarsillatib 
sindira ketdi. Shu payt ko‘prikning narigi chetidan ular qorovul qo‘ygan yi-git chopib 
keldi: 
— Qo‘y, bas! Muncha qarsillatma! Narigi adirdan yog‘iy kelayotganga o‘xshaydi. 
— A! Ko‘rdingmi? 
— Tovushlarini eshitdim. «Otlan!», «Saflan!» deb baqirib-chaqirganlari qulog‘imga 
chalindi! 
— Bo‘lmasa hozir bostirib keladi! — deb juvozkash qochishga chog‘landi. 
— Arrangni ol, bu yerda hech narsani qoldirmanglar!— deb Tohir yonmagan 
payrahalarni, yog‘och siniqlarini suvga otdi. 
Besh yigit muvaffaqiyatsizlikka uchraganday ruhlari tushib, uylariga tarqalganlarida tong 
yorisha boshlagan edi. 
____________ 
* T u t a — chaqmoq uchqunidan yonishi qulay bo‘lgan paxta ipi.
2 
Saharlikni yeb, yo‘lga tushgan yov qo‘shinining oldingi to‘pi ko‘prikka chiqa boshlaganda 
tong qorong‘isi hali tarqalmagan edi. Yomg‘ir tog‘larda qattiq quyayotganligi uchun 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin