Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
zahmatkashlarning kushandasiga aylanmasmikinsan, jiyanim? 
Ishoning, mulla tog‘a, men yomon beklarning zulmiga ilojim boricha qarshi 
turgaymen! 
— Bobur mirzo hukmdor bo‘la turib daf qilolmagan adolatsizliklarni sen nechun daf 
qilursen? 
— Balki Bobur mirzoning mendek navkarlari bo‘lmagani uchun daf qilolmagandirlar? 
Balki u zotga men kerakdurmen, mulla tog‘a! Men o‘zim uchun shundan ma’qul yo‘l 
topolmadim. Yolg‘iz yashashimning ma’nosi qolmadi. Ne qilay? 
Mavlono Fazliddin jiyanining yuziga tikilib qaradi-yu, uni niyatidan qaytarib bo‘lmasligini 
sezdi. Tohir bundan uch yil oldin Quvasoy ko‘prigini buzib, yov qo‘shiniga katta talafot 
keltirgan paytlarda tarix daryosining qudratli oqimiga tortilmaganmi-di? Endi umrbod 
o‘sha oqimdan chiqolmasdan, tarixiy voqealarning ichida yurishga mahkum 
etilganmikin? Har qalay, jiyanining so‘nggi gaplari mavlononi o‘ylantirib qo‘ydi. U birpas 
jim turgach: 
— Tavochiga uchradingmi? — dedi. 
— Uchradim. «Oting yo‘q ekan, piyoda qo‘shinga olamiz», dedi. Men piyoda yurib 
o‘rganib qolganmen, mulla tog‘a. 
— Ammo jangda eng ko‘p talafot piyodalar orasida bo‘lur, buni bilursenmi? 
Mayli-da, qirq yil qirg‘in bo‘lsa ham ajali yetgan o‘lgay. 
— Bas! 
Mulla Fazliddin bu haqda boshqa gaplashmadi. Ertalab nonushtadan keyin xizmatkoriga 
aytib, bostirmada turgan har ikkala otni ham egarlatdi. Tohirga oyoqlari uzun jiyron otni 
ko‘rsatib: 
Sen mana shuni min, — dedi. — Men sening piyoda askar bo‘lishingni o‘zimga 
munosib ko‘rmasmen. 
Mulla Fazliddin o‘zi Bobur in’om qilgan to‘riq qashqani mindi. So‘ng ikkovlari Boburning 
qarorgohiga otliq yo‘l oldilar. 
Odatdagiday, Bobur huzuriga kirish uchun eshik og‘adan ruxsat olish kerak. Tog‘a-jiyan 
sakkiz burchakli ulkan oq o‘tovdan beriroqda otliq kelayotgan Qosimbekni ko‘rdilar va 
uning hurmatiga otdan tushib qo‘l qovushtirdilar. 
— Janobi amirul umaro, jiyanim ham Bobur mirzoga sodiq xizmat qilish orzusida keldi
— dedi mavlono Fazliddin. — Ijozat bersangiz, amirzodaning huzuriga kirsak. 
— Amirzodam hozir behad banddir, mavlono. Balki iltimosingizni menga aytursiz?.. 
— Jiyanim Tohir... amirzodamning xos navkarlari qatoriga olinishini o‘tinib so‘ramoqchi 
edim. 
Qosimbek Tohirning barvasta gavdasiga va yuzidagi chandiqqa qaradi-yu: 
— Yigit, askariy xizmatda bo‘lganmisen? — dedi. 
Qosimbekning «sensirab» gapirgani Tohirga uncha yoqmadi. Loqayd tovush bilan: 
— Hali bo‘lgan emasmen, — dedi. 
Mavlono Fazliddin oraga tushdi: 
— Janobi amirul umaro, jiyanimiz asli dehqon bo‘lsa ham, lekin tabiatida jangovarlik bor. 
Esingizda bo‘lsa, Quvaning ko‘prigida yog‘iylarimiz juda katta talafot ko‘rib, o‘zlari sulh 
taklif qilgan edilar. O‘shanda bizga g‘alaba keltirgan azamat yigitlarning biri — mana shu 
Tohir! 
— G‘alaba keltirgan?! — ishonqirmay so‘radi Qosimbek. — Qanday qilib? 
Mavlono Fazliddin Quvada o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan voqealarni Qosimbekka qisqacha 
so‘zlab berdi. Uning hikoyasiga qaraganda, jangovar beklar va navkarlar eplay olmagan 
yovning belini oddiy «yalangoyoqlar» sindirgan bo‘lib chiqardi. Qosimbek bunga 
ishongisi kelmadi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin