Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
qiliqni sizga kim o‘rgatdi? Yoningizdagi mullocha o‘rgatdimi?! 
Ahmad Tanbalning g‘azabli ko‘zlari mavlono Fazliddinga qadaldi. Mavlono Fazliddin ham 
uning ko‘zlariga ko‘zini qadab gapirdi: 
— Begim sharmu hayodan sizu bizga saboq berishga qodirlar! Begimning haq so‘zlarini 
faqat qalloblar haqorat deb tushunurlar! 
— Kim qallob? — deb Ahmad Tanbal qilichini sug‘urib, mavlonoga qarab ot choptirdi. 
Shunda Xonzoda begim otini niqtab uning yo‘lini to‘sib chiqdi: 
— Ilmu hunar ahliga tig‘ tortish uyat! 
Ikkovining otlari bir-biriga urilib, ayqashib ketdi. Ahmad Tanbal qilichini havoda o‘ynatar 
ekan: 
— Begim, bu mullochani ma’shuqalardek himoya qilishlari uyat emasmi? — dedi. — Biz 
maxfiylardan eshitgan edik, ammo loyiha chizish bahonasi bilan bu mullocha begimni 
nechog‘lik rom qilganini bilmas ekanmiz! 
Ko‘pchilik oldida Ahmad Tanbal Xonzoda begimning nomiga dog‘ tushirmoqchi bo‘lgani 
Xonzoda begimni shunchalik g‘azablantirdiki, u belidan xanjarini sug‘urdi: 
— Meni badnom qilolmaysen, alamzada xoin! — deb, bor kuchi bilan Tanbalning 
ko‘kragiga tig‘ urdi. Xanjar Ahmad Tanbalning to‘ni tagidan kiygan zirhli jibasiga tegdida, 
jaranglab, sirg‘anib ketdi. Ahmad Tanbal qilichini Xonzoda begimning tepasida sermadi. 
Qilich zarbidan Xonzoda begimning boshidagi bo‘rki uchib ketdi-yu, uzun sochlari yoyilib 
yelkasiga tushdi. 
Shu payt orqadan o‘n to‘rt yoshli Jahongir mirzo bir to‘p mulozimlari bilan kelib qoldi. 
Buni ko‘rgan Do‘stbek Ahmad Tanbalni ogohlantirdi: 
— Ahmadbek janoblari, bas, bo‘ldi! 
Xonzoda begim o‘gay bo‘lsa ham har qalay, Jahongir mirzoning opasi edi, shoh qizini 
ko‘pchilikning oldida sazoyi qilishga yo‘l qo‘ymas edi. Ahmad Tanbal Jahongir mirzo 
tomonga otini burdi va o‘zini oqlamoqchi bo‘lib gapirdi: 
— Bu qanday hol, amirzodam? Nahotki egachingiz sizga qarshi qurol ko‘tarib chiqsa? 
Yonlaridagi fitnachi me’mor egachingizni yo‘ldan urmish, amirzodam! 
— Mavlono Fazliddin sizdek xiyonatchi bekdan ming hissa sofdil, ming hissa olijanob! — 
dedi Xonzoda begim.— Mavlononing me’morlik san’ati Andijonning iftixori bo‘lishi 
mumkin edi. Ammo sizdek qonxo‘rlar uning orzularini uvol qildingiz! Ilohim shu 
orzularning uvoli tutsin sizni! 
Xonzoda begim so‘nggi so‘zlarini yig‘lab aytdi-yu, otini qamchilab, ark darvozasiga qarab 
intildi. Biroq darvozani devordek to‘sib turgan navkarlar unga yo‘l bermadilar. Begim 
yoshli ko‘zlar bilan orqaga — mavlono Fazliddinga o‘girilib qaradi. 
Mavlono Fazliddin belini paypaslab, qilichining sopini topdi-da, uni qinidan uquvsizlik 
bilan sug‘urib olib, Xonzoda begimning yo‘lini to‘sgan navkarlarga qarab in-tildi. Ammo 
Ahmad Tanbalning otliq navkarlari mavlono Fazliddinning yo‘lini to‘sib chiqdilar. Ikkitasi 
mavlono mingan otni jilovidan ushlab to‘xtatdi. Biri og‘ir cho‘qmor bilan mavlononing 
bilagiga urib, qilichini qo‘lidan tushirib yubordi. 
Bu orada Jahongir mirzoning ishorasi bilan narigi navkarlar Xonzoda begimga yo‘l 
bergan edilar. Begim yolg‘iz o‘zi ark darvozasidan ot qo‘yib o‘tar ekan, yana orqaga 
o‘girilib qaradi. Navkarlar yana devordek bo‘lib, darvoza yo‘lini to‘sib olgan edilar. 
Mavlono Fazliddin yov qo‘lida qolganini sezgan begim o‘kirib yig‘ladi. 
Uning yig‘isiga faqat darvozaxona shifti bo‘g‘iq bir nido bilan javob berdi, xolos. 
Tanbalning odamlari mavlono Fazliddinni otdan tortib tushirdilar va qo‘lini orqasiga 
bog‘lab, piyoda haydab ketdilar. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin