Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
qulog‘iga chalindi. Ayvonga chiqqanda kechki shabada yuziga ipakday mayin salqinlik 
berdi. 
2 
Ammo bu ma’sud damlardan keyin kelgan kunlar, oylar, hatto yillar lomakonlik va 
sargardonlikda o‘ta boshladi. Sohibqiron bobokalonidan saboq olib yashashga ahd qilgan 
Bobur buning qanchalik qiyin bo‘lishini o‘z boshiga og‘ir kunlar tushganda bildi. U onasi 
in’om qilgan sandiqdagi xotirotlarni takror-takror o‘qib, Sohibqiron bobosini yigitlik 
paytidagi ismi bilan xayolida Temurbek deb atashga o‘rgandi. Temurbek yigirma besh 
yoshida Samarqand va Shahrisabzdagi xonumonidan judo bo‘lgani va ota yurtining to‘rt 
tomoniga bosh urib najot izlagani Boburning hozirgi ahvolini eslatardi. 
To‘g‘ri, Temurbekka tajovuz qilgan Ilyosxo‘ja va Amir Bekchiklar Ahmad Tanbaldan yuz 
chandon qudratliroq va xatarliroq edi. Ular Temurbekni tutib olib o‘ldirish uchun minglab 
odamlarni safarbar etadilar. O‘lim xavfi yillar davomida Temurbek bilan izma-iz yuradi. 
Qoraqum sahrosidan narida Xiva bo‘sag‘asida Temurbek oltmish yigiti bilan ming kishilik 
yov qurshovini qo‘lda qilich bilan yorib chiqib, qutulib ketadi. 
Endi o‘n yetti yoshga kirayotgan Bobur hali bunday dahshatli xatarlarga duch kelgan 
emas. Faqat ota yurtidan ayrilib, lomakon bo‘lib yurgani va Ahmad Tanbalga bas kela 
oladigan kuchli qo‘shin yig‘ish nihoyatda mushkul bo‘layotgani uni qiynaydi. Boburning 
ishongan odamlari yashiriqcha Andijonu Axsiga, Marg‘ilon va O‘shga borib kelmoqda. 
Xayrixohlar ko‘p, ammo yurak yutib maydonga chiqadiganlar kam. Boburning o‘zi ham 
bu yog‘i Isfara va Konibodomga, u yog‘i Zomin va Jizzaxgacha, janubda O‘ratepa, 
shimolda Toshkentgacha hamma joyga bir necha marta borib keldi. Bir yarim yildan beri 
qishni qish, yozni yoz demay yo‘l bosdi. Sirdaryodan qayta-qayta suzib o‘tdi. Qishda 
muzni teshib cho‘milgan paytlari bo‘ldi. Uning o‘ziga o‘xshab chiniqqan yigitlari 
Temurbekning Xisor tog‘larida, afsonaviy g‘orlarda yashab toblangan yigitlarini eslatadi. 
Biroq navkaru sardorlari bilan bir joyda uzoq vaqt mehmon bo‘lib turishga yuzi 
chidamaydi. Chunki haftalar, oylar davomida yuzlab odamlarga ovqat, otlarga yemish 
topib berish mezbonlarga juda og‘ir tushishini sezadi. Shuning uchun onasi va egachisini 
Xo‘janddan O‘ratepaga, xolasi Xub Nigor xonimning uylariga keltirib qo‘ydi. O‘zi uch 
yuzga yaqin beku navkarlari bilan janubdagi tog‘larga chiqib ketdi. Ovchi deb ataladigan 
bir qishloq yaqiniga chodir va o‘tovlar tikishib, ancha vaqt ov o‘ljalari bilan ro‘zg‘or 
tebratishdi. 
Ovchi qishlog‘iga tor bir daradan o‘tib boriladi. Daraning tubidan odamni oqizadigan 
katta suv hayqirib oqadi. Suv bo‘yida besh qavatlik uyday bir bahaybat qoyatosh 
osmonga bo‘y cho‘zib turadi. 
Bobur shu qoyatoshning ustini tekislatib, chodir o‘rnattirgan. Ovdan bo‘shagan paytlari-
da chodirda o‘ltirib kitob o‘qiydi, xotira daftariga ko‘rgan-kechirganlarini yozadi, she’r 
mashq qiladi. 
Bir kun shu chodirda Bobur Mirzo Ulug‘bekning «Tarixi arbaa ulus»* kitobini o‘qib 
o‘tirganda, daraning narigi chetidan bir otliq odam jadallab kelayotganiga ko‘zi tushdi. 
Oti terga botgan bu otliq Marg‘ilondan kelgan chopar yigit edi. U Bobur qarshisida tiz 
cho‘kib arzini aytdi: 
— Amirzodam, meni Marg‘ilon dorug‘asi Ali Do‘stbek tog‘oyingiz yubordilar. 
— Bizga xiyonat qilib, Andijonni Tanbalga yashiriqcha topshirgan tog‘oyimizmi? 
— Ha, tog‘oyingiz bu qilgan ishlaridan hozir ming pushaymonlar. Ahmad Tanbal uning 
uylariga bostirib kelib, yaxshi ko‘rgan qizlarini zo‘ravonlik bilan haramiga olib ketibdir. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin