3-Amaliy mashg‘ulotini bajarish bo‘yicha variantlar
Topshiriqqa muvofiq funksiyaga doir bo‘lgan masalalarni yechish lozim.
1- jadval
1.
Berilgan sonni kubini topadigan funksiya yarating. Ushbu funksiya
yordanida a,b,c,d sonlarini kubini hisoblang.
2.
Berilgan parametrlar asosida uchburchakning yuzasini topadigan
funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a1,b1,c1 va a,b,c
parametrli uchburchaklarning yuzasini hisoblang.
3.
Berilgan sonni 4 darajasini topadigan funksiya yarating. Ushbu
funksiya yordanida a,b,c,d sonlarini 4 darajasini hisoblang.
4.
Berilgan k sonini q darajasini topuvchi funksiya yarating. Ushbu
funksiya yordamida a ning b-darajasini va c ning d-darajasini toping.
5.
Berilgan parametrlar asosida to’g’ri burchakli uchburchakning
yuzasini va radiuslarni(ichki chizilgan va tashqi chizilgan aylana)
topuvchi funksiya yarating. Ushbu funksiya yordamida a va b katetga,
hamda c1 gipotenuza va b1 katetga ega bo’lgan uchburchaklarni
hisoblang.
6.
To’g’ri to’rtburchakning yuzasini topadigan funksiya yarating. Ushbu
funksiya yordamida a va b, a1 va b1 tomonga ega bo’lgan to’g’ri
to’rtburchakning yuzasini toping.
7.
Kvadratning yuzini va perimetrini hisoblovchi funksiya yarating.
Ushbu funksiya yordamida a,b,c,d tomonga ega bo’lgan kvadratni
hisoblang.
8.
Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya
yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang.
9.
n natural soni berilgan. 2 ning n chi darajasini hisoblovchi daraja nomli
funksiya hosil qiling. Matematik funksiyalardan foydalanmang.
Daraja funksiyasini 2 xil ko’rinishda ishlab chiqing.Funksining
prototipi quyidagicha bo’lsin:
void daraja(int , int *) int daraja(int)
10.
2 ta sonning o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi funksiya
hosil qiling. Ushbu funksiya orqali a,b,c,d sonlaridan (a,b),(a,c),(a,d)
juftliklarining o’rta arifmetigi va geometrigini hisoblang.
11.
Berilgan sonni factorialini hisoblaydigan funksiya yarating. Ushbu
funksiya yordamida a, b, c funksiyalarini factorialini hosil qiling.
12.
x va y butun solari berilgan. x,y nuqta qaysi chorakda joylashganligini
aniqlovchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida x1 va y1,
x2 va y2 nuqtalar joylashgan chorakni aniqlang.
13.
Berilgan radiusdan foydalanib aylananing uzunligini va doiraning
yuzasini hisoblovchi funksiya yarating.Ushbu funksiya asosida r,r1,r2
radiuslar asosida hisoblang.
14.
Berilgan sonning n –o’rinda turgan raqamini qaytaradigan funksiya
hosil qiling.Bunda agar berilgan son n ta xonadan iborat bo’lmasa 0
qaytarsin. Ushbu funksiya yordamida a,a1,a2 sonlarining n xonadagi
raqami aniqlansin.
15.
Berilgan sanadan boshlab yangi yilga qadar qancha muddat qolganini
topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida day1,day2
kundan yangi yilgacha qancha muddat qolganini hisoblang.
16.
Berilgan kundan oldingi kunni chiqaruvchi funksiya hosil qiling.
Ushbu funksiya yordamida day1, day2,day3 larni hisoblang.
17.
Uchta sondan kattasini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya
yordamida a,b,c va a1,b1,c1 lardan kattasini toping.
18.
A va B sonlari berilgan, Swap va uchinchi o’zgaruvchiga murojaat
qilmasdan shu ikki qiymat o’zaro almashadigan funksiya hosil
qilinsin. Ushbu funksiya yordamida a va b, a1 va b1 qiymatlar
almashtirilsin.
19.
Kiritilgan sonni xonalar sonini aniqlaydigan funksiya yarating. Ushbu
funksiya yordamida a1,a2,a3 sonlarining xonalar sonini toping.
20.
Berilgan sonni uchga bo’linishi yoki bo’linmasligini tekshiradigan
qism dastur yarating. Ushbu qism dastur yordamida a,b,c sonlarni
uchga bo’linishga tekshiring.
21.
a sonining 3-darajasini hisoblab, b o‘zgaruvchiga uzatadigan
PowerA3(a,b) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin (a-kiruvchi, b-
chiquvchi parametrlar bo‘lib, ular haqiqiy turga tegishli). Bu funksiya
yordamida berilgan 5 ta sonning 3-darajalari hisoblansin.
22.
Tomoni a ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchakning perimetri va
yuzasini hisoblovchi TrianglePS(a,p,s) nomli void turidagi funksiya
tasvirlansin(a-kiruvchi, p va s chiquvchi parametrlar, barcha
parametrlar haqiqiy turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib,
berilgan
3
,
2
,
1
a
a
a
qiymatlarda 3 ta teng tomonli uchburchaklarning
perimetrlari va yuzalari hisoblansin.
23.
Butun musbat k sonidagi raqamlar miqdorini va yig‘indisini
hisoblaydigan Digitcountsum(k,n,s) nomli void turidagi funksiya
tasvirlansin (k-kiruvchi, n va s – chiquvchi parametrlar bo’lib, ular
butun turga tegishli). Bu funksiyadan foydalanib, berilgan 5 ta butun
musbat sonning har biri uchun raqamlari miqdori va raqamlar
yig‘indisi hisoblansin.
24.
Berilgan butun musbat k sonining chap tomonidan “d” raqamini
joylashtiradigan ADDLeftDigit(d,k) nomli void turidagi funksiya
tasvirlansin(d- kiruvchi parametr, k- bir vaqtda kiruvchi va chiquvchi
parametrlar bo’lib, ular butun turga tegishli). Bu funksiyadan
foydalanib, berilgan k musbat sonining oldidan d
1
va d
2
raqamlari
ketma-ket joylashtirilsin va har bir jarayon natijasi chop etilsin.
25.
x va y o‘zgaruvchilaridagi saqlanayotgan qiymatlarni o’zaro
almashtiruvchi Swap(x,y) nomli void turidagi funksiya tasvirlansin(x,
y-haqiqiy turga tegishli parametrlar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida
kiruvchi va chiquvchi hisoblanadi). Bu funksiyadan foydalanib,
berilgan a, b, c, d haqiqiy turga tegishli o’zgaruvchilar uchun
(a,b),(c,d) va (b,c) juftliklarning qiymatlari ketma-ket almashtirilsin
hamda a ,b,c, d larning yangi qiymatlari chiqarilsin.
26.
Berilgan sonni to’la kvadratlikka tekshiruvchi funksiya yarating.
27.
Berilgan sonning kasr qismini topib beruvchi funksiya yarating.
28.
Berilgan sonni mukammallikka tekshiruvchi funksiya yarating.
Dostları ilə paylaş: |