15
-
magistrantning belgilangan kalendar ish rejasi bo’yicha ishlarning bajarilishini va
magistrlik dissertatsiyasi o’z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
-
dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.
Kafedra mudiri Magistrantning dissertatsiya
yuzasidan olib borayotgan
ilmiy izlanishlarini, dissertatsiyaning tayyor bo’lgan boblarini (nazariy va
eksperimental
qismlarini, xulosa va takliflarini) kafedra majlislarida muhokama
qilib, ularning talab darajasida tayyorlanishini ta’minlaydi, magistrantlarga va
ularning ilmiy rahbarlariga tegishli ko’rsatmalar beradi. Magistrantlarining
umumiy
faoliyati bilan birga, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha
olib borayotgan ishlarini har yarim yilda kamida bir marta kafedra majlislarida
muhokama etadi. Magistrantlarining dissertatsiyani tayyorlash bo’yicha olib
borayotgan ishlari yuzasidan kafedraga har semestr yakunida hisobot beradi.
Magistratura bo’limi boshlig’i ilmiy rahbar,
kafedra mudiri va
Magistrant tomonidan rejalashtirilgan
ishlarni
Nizom talablari asosida
bajarilishini nazorat qiladi, belgilangan vaqtlarda universitet
Ilmiy Kengashida
hisobot beradi.
Magistrant ilmiy rahbar ishtirokida magistrlik dissertatsiyasining
bajarilish holati, ilmiy, uslubiy
maqolalar tayyorlanishi, o’tkazilgan ijodiy
ishlar ko’rigi haqida kafedraning oylik majlislarida
hisobot berib boradi,
semestrlar yakunida esa kafedraga yozma hisobot taqdim etadi.
Magistrant magistrlik dissertatsiyasi mavzusini va ilmiy rahbarni asoslangan
holda o’zgartirishi bo’yicha taklif kiritishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: