O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 419,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/45
tarix15.11.2022
ölçüsü419,42 Kb.
#119476
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
35) 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)

Ioniya falsafasi. 
Milet maktabi falsafiy taʼlimoti 
Kichik Osiyoning gʼarbiy qirgʼogʼidagi Ioniya tumanida yuzaga kelgan 
barcha falsafiy taʼlimotlarni Ioniya falsafasi deb atalishi. Bu taʼlimot dastlabki 
falsafiy moddiyunchilik taʼlimoti sifatida VII va VI asrlar oʼrtasida Melet shahrida 
yuzaga kelgan. Ioniya falsafasining yirik namoyondalari F.Fales, Аnaksimandr, 
Аnaksimen, Ksenofan, Pifagor, Аnaksogor, Fales va Аnaksimenlarning oʼsha 
davrdagi mavjud tuzumning progressiv tabaqa namoyondalari sifatida gʼayriilmiy 
qarashlarga qarshi kurash olib borganligi.
Fales (er.avv. 625-547 y.) qadimgi yunon olimi va faylasufi sifatida. 
Falesning tabiatning, jism va hodisalarning suvdan paydo boʼlganligi gʼoyasi. 
Fales birinchi boʼlib, olamning moddiy birligini va bu moddiylik birlik doimo 
oʼzgarishda ekanligini eʼtirof etganligi. Falesning mifologik dunyoqarashni falsafiy 
dunyoqarashga aylantirganligining xususiyatlari. Falesning osmon jismlari harakati 
haqidagi falsafiy qarashlari. Аnaksimandr (er.avv. 610-546 y.)ning apeyronni 
borliq substantsiyasi sifatida asoslashi. Uning kosmogoniyasi va esxatologiyasi. 
Аnaksimandr hayotning kelib chiqishi va inson haqida. Аnaksimandrning 
olamning cheksizligi oʼzaro harakatlar natijasi ekanligi haqidagi qarashlar. Uning 
dunyoviy borliq abadiy oʼzgarishda boʼladi gʼoyasining mazmun-mohiyati. 
Аnaksimen (er.avv. 588-525 y.) dunyoqarashi. Havo-borliq substantsiyasi. 
Аnaksimenning kosmogoniyasi va kosmologiyasi hamda jon haqidagi qarashlari. 
Аnaksimenning harakatning abadiyligi haqidagi fikrlari. Аnaksimenning xudolarni 
mutlaqo inkor etmasligi va uning boshva antik yunon faylasuflari singari 
materiyaning ilohiylashgani toʼgʼrisidagi fikrlari. Аnaksimen pantiizmi.
Geraklit (er.avv. 544-480 y.) dunyoqarashi.”Tabiat haqida” asari, unda 
borliq masalasining qoʼyilishi. Uning Qadimgi Yunonistonda falsafani 
rivojlantirishda tutgan tarixiy oʼrni va ahamiyati shundaki, u oʼzidan avval oʼtgan 


faylasuflar Fales, Аnaksimandr va Аnaksimenlardan farqli ularoq dialektika 
masalalarini ishlab chiqgan edi. Geraklitning olovni olam substaktsiyasi sifatada 
asoslashi. Logos tushunchasining talqini. Tabiiy zaruriyat gʼoyasining asoslanishi. 
Kosmogoniyasi, borliqning umumiy oquvchanligi, oʼzgaruvchanligi haqidagi fikr-
mulohazalari. Geraklit dialektikasi. Inson ruhiyati va bilish toʼgʼrisidagi taʼlimoti. 
Ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari. 
Pifagor(er.av 580-500 yillar)ning, hayoti va ijodiy faoliyati. Pifagorchilar 
ittifoqining yuzaga kelishi. Pifogorchilarning turmush tarzi. Pifagorning sonni 
dunyo tuzilmasi asosi sifatida talqin qilishi Ilk pifagorchilarning diniy-axloqiy 
qarashlari. Pifagorchilarning tibbiy taʼlimoti. Аlkemeon dunyoqarashi. Qarama-
qarshiliklar haqida. Filolay (er.avv V asr-IV asr ikkinchi yarim) va Аrxit (er.av. IV 
asr)-pifagorchilar namoyondalari. 

Yüklə 419,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin