Navoiyning insonparvarlik gʼoyalari. Mutafakkirning adolat ilm-maʼrifat va
ahloqiy qarashlarining falsafiy asoslari. Kamolddin Xusayn Voiz Koshifiy
(taxminan 1440-1450-1505 yillar) ning axloq falsafasiga qoʼshgan hissasi. Uning
adolat haqidagi gʼoyalari. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 yy)
Boburning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining uygʼunligi. Bobur va
Naqshbandiylik.
XVI-XX asr boshlarida falsafiy tafakkur
Yusuf Qorabogʼiy (1565-1647) ning falsafiy qarashlari va uning
xususiyatlari. Uning toʼrt unsur borliqning asosi gʼoyasi ruh va moddiylik
oʼrtasidagi munosabat masalasi. Yusuf Qorabogʼiy falsafasida “tanosuh”
nazariyasini (reinkarnatsiya), yaʼni ruhning bir tanadan ikkinchisiga koʼchib yurish
taʼlimotini inkor qilishi. Boborahim Mashrab (1640-1711yy) falsafasi va “Аnal
Haq” taʼlimoti. Mashrab tasavvufiy qarashlarining oʼziga xos xususiyatlari. Soʼfi
Olloyor qarashlarining ijtimoiy -axloqiy jihatlari. Mirzo Аbdulqodir Bedil (1644-
1721). “Vahtad ul vujud “ oqimi tarafdori sifatida. Bedil asarlarida hamma
narsaning asosida havo yotadi gʼoyasining ifodalanishi. Mirzo Bedil falsafasida
dunyoni bilish masalalari. Bedil falsafasida tanosuh gʼoyalariga munosabat.
Jadidlar dunyoqarashining falsafiy asoslari.
Dostları ilə paylaş: