Mavzu: “ Ona tili leksikografiyasini o’qitish metodikasi ” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning vujudga kelishi, o’rganish obe’kti va predmeti



Yüklə 291,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.11.2022
ölçüsü291,68 Kb.
#119778
Ona tili leksikografiya 1- Maruza matni



1Mavzu: “
Ona tili leksikografiyasini o’qitish metodikasi
” fanining 
maqsadi va vazifalari. Fanning vujudga kelishi, o’rganish obe’kti va predmeti 
REJA: 
1. “Lug’atdan foydalanish metodikasi” fanining maqsadi. 
2. “Lug’atdan foydalanish metodikasi” fanining vazifalari. 
3. “Lug’atdan foydalanish metodikasi” fanining оb’ekti va predmeti. 
Tayanch so‘z va iboralar: leksikografiya, lug‘atchilik, so‘zlik bosh ma’no, 
hosila ma’no, qomusiy lug‘at, filologik lug‘at, tamoyili.  
Lug`at – so‘z, frazema, parema, morfema va boshqalarning belgilangan 
maqsadga ko‘ra, ma’lum qonuniyat hamda ehtiyoj asosida tartibga solingan 
yig‘indisi, leksikografiya – lug‘at va uning tuzilishi, yaratilish tamoyillari haqidagi 
bilim – ta’limot. Leksikografiya – yunoncha “lexis” – so‘z, “grapho” – yozaman, 
yozish, yozilgan kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Ilmiy adabiyotlarda lug‘atchilik tilshunoslikning alohida sohasi hisoblansa-
da, aslida leksikologiya bilan bevosita aloqadordirligi aytiladi1. Chunki leksikada, 
avvalo, tilning lug‘at tarkibi, shuningdek, so‘z ma’nosi, uning iste’mol darajasi, 
nutq, uslub hamda shakl va mazmunga munosabati kabilar o‘rganiladi.
1 Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент, Фан, 1981. –Б. 289.
Leksikografiya tilshunoslikning lug‘at tuzish bilan shug‘ullanuvchi va u 
bilan aloqador bo‘lgan masalalarni o‘rganuvchi sohasi, “lug‘atchilik” deb ham 
yuritiladi. Aslida leksikografiya va lug`atchilik tushunchalari farqlanadi. 
Leksikografiya lug`at tuzish nazariyasi va lug`atchilik lug`at tuzish amaliyotini 
ifodalaydi.
“Lug‘at” arabcha “til”, “sheva”, “lahja”, “so‘z”, “ibora” kabi ma’noni 
bildiradi. Hozirgi kunda ushbu so‘z ikki ma’noda: 1) muayyan tilda, uning hududiy 
yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo‘lgan, shuningdek, u yoki bu yozuvchi asarlarida 
uchraydigan so‘zlar yig‘indisi, ya’ni leksika; 2) so‘zlar (yoki morfema, so‘z


birikmasi, ibora) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, 
tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi (imlosi), 
talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar 
jamlangan kitob ma’nolarida qo‘llanadi.
Ana shu ikkinchi ma’nodagi lug‘atlar madaniyat sohasida muhim o‘rin 
egallaydi, chunki ularda jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlarni aks etadi2. 
Lug‘atlar, shuningdek, bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: muayyan voqea-
hodisa haqida o‘quvchiga ma’lumot beradi; uni o‘z ona tilidagi va o‘zga tillardagi 
so‘zlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lug‘at tarkibini takomillashtirish, 
me’yorlashtirish va tartibga solishga yordam beradi.
Lug‘at tuzishda, albatta, ma’lum maqsad ko‘zda tutiladi. Maqsad esa, davrga 
ko‘ra, ehtiyoj asosida belgilanadi. Leksikografiya sohasining ob’ekti lug‘atlar va 
ularning tarkibiga kiruvchi birliklar. Leksikografiyaning predmeti lug‘at tuzish 
qonuniyatlari, lug‘at tiplari, lug‘atchilikning tarixiy taraqqiyotini belgilashdan 
iborat.
Ma’lumki, kishiiyat dunyoga kelganidan so‘z bilan ish tutadi, so‘z olamiga 
duch keladi, undan foydalanadi. Kishilar bir-biri bilan muloqotga kirishar ekan, 
tildan foydalanish jarayonida ularda turli ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu ehtiyojlarni 
qondirish lug‘at yaratishni taqozo etadi. Tilning so‘z boyligini jamlash, ularni 
tartibga solib, foydalanish uchun qulay holatda taqdim etish, tavsiflash, 
imkoniyatlarini ochib berish leksikografiya sohasining bosh vazifasi ekanligi 
ma’lum.
Darhaqiqat, lug‘atlar barchaga barobar xizmat qiladi. Undan barcha soha 
vakillari birdek foydalanadi.
Ma’lumki, til doimo o‘zgarib turadi. Ayniqsa, tilning leksikasi tez 
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu bilan birga, tilning leksik qatlami asrlar mahsuli hamdir, 
ya’ni har bir tarixiy davr, ijtimoiy taraqqiyot bosqichi o‘z ifodasini topadi. So‘zlar, 
til birliklari eskiradi, yangi so‘zlar paydo bo‘ladi.


“Leksikografiya asoslari” kursining bosh maqsadi lug‘atchilikning 
shakllanishi, taraqqiyoti haqida ma’lumot berish, uning istiqbolini belgilashga 
xizmat qilish. Bilamizki, lug‘atchilik shakllanishi uzoq tarixga ega. Jumladan, 
o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishiga e’tibor qaratganimizda ham, buni 
kuzatishimiz mumkin.
Turkiy tillar lug‘atshunosligi boy tajribaga ega. Ayniqsa, o‘tmish 
lug‘atshunoslari o‘ziga xos lug‘at tuzish usullari, tamoyillari, so‘zlarni sharhlash 
uslublari jihatidan ajralib turadi. Ushbu lug‘atlarda so‘z tanlash mezonlari, 
so‘zning semantik tarkibiga munosabat bildirish, so‘zning ma’no qirralarini ochish 
kabi masalalar bo‘yicha hozirgi zamon lug‘atshunoslari uchun ham nazariy, ham 
amaliy ahamiyat kasb etadi. Davr nuqtayi nazaridan yuqori darajada baholangan, 
haqiqatan, o‘ta noyob bo‘lgan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” 
(“Turkiy so‘zlar devoni”) asarining yaratilishi ham o‘ziga xos tarixga ega. Bu 
lug‘atning yaratilishi uchun hind va arab tilshunosliklari doirasida yaratilgan 
ko‘pgina qadimgi lug‘atlar, masalan, Sibavayhiyning “Al Kitob” asari, Halil al 
Faraxidinning “Ayna kitobi”, Firuzabodiyning 60 yoki 100 jildlik lug‘ati yoki 
“Qomus” asari kabi boshqa asarlarning manba bo‘lganligini qayd etish kifoya.
Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi “Devon”ning yaratilishida Xalil ibn 
Ahmadning “Kitob ul-ayn” asaridan foydalanganligini qayd etadi. Demak, o‘zbek 
lug‘atchiligining shakllanish tarixini M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” 
asari bilan belgilaganimizda ham, uning taraqqiyoti o‘rta asrlarda va undan oldingi 
davrlarda yaratilgan ko‘plab lug‘atlar bilan belgilanadi.
“Leksikografiya asoslari” kursining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin:
- lug‘atchilikning shakllanishi haqida ma’lumot berish, tarixiy lug‘atlar, 
ularning yaratilish sabablarini bayon qilish;
- lug‘at turlari (asosiy turlari) haqida ma’lumot berish, ularning o‘ziga xos 
jihatlarini tavsiflash;
- lug‘at tuzish qonun-qoidalari, tamoyillari borasida bilimlar berish;



lug‘atchilikning 
taraqqiyot 
bosqichlarini 
belgilashda 
ijtimoiy 
o‘zgarishlarning o‘rnini belgilash;

kishilarda 
lug‘atlardan 
foydalanish 
malakasini 
hosil 
qilishga 
ko‘maklashish;
- o‘zbek lug‘atchiligining istiqbolini belgilovchi ma’lum vaziyatni 
shakllantirish, asosiy manbalardan xabardor qilish;
- ta’lim-tarbiya tizimida lug‘atlardan foydalanishning muhim ekanligini, 
zaruriyat ekanligini yoshlarga, ta’lim tizimi xodimlariga singdirish.
Har bir lug‘at amaliy xarakterga ega. Bu leksikografiyaning nazariy asosini 
belgilashda muhim. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini, ehtiyojini qondirish 
maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-qoidalari, ularni tuzish 
tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni maqsadning to‘g‘ri 
belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini belgilash, turlarning 
o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini belgilash, u yoki bu 
shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim bo‘ladi. 

Yüklə 291,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin