8-sinf odam va uning salomatligi fanidan mavzulashtirilgan test javobi bilan



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/71
tarix27.11.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#119999
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
8-sinf mavzulashtirilgan test

55- mavzu 
1. Eshitish analizatori qanday qismlardan iborat.
A) sezuvchi harakatlantiruvchi 
B) analiz qiluvchi tasirlanuvchi 
C) sezuvchi va eshituvchi 
D) periferik, o'tkazuvchi va markaziy 
2. Quloq qaysi qismga kiradi
A) periferik B) o`tkazuvchi D) analiz qiluvchi D) 
markaziy 
3. Eshitish nervlari qaysi qismga kiradi
A) periferik B) o`tkazuvchi D) analiz qiluvchi D) 
markaziy 
4. Bosh miya yarimsharlari eshitish zonasi qaysi qismga 
tegishli 
A) periferik B) o`tkazuvchi D) analiz qiluvchi D) 
markaziy 
5. Odam va boshqa sutemizuvchilar qulog'i ……… 
bo'limga ajratiladi
A) old, o'rta va ichki B) tashqi, old va ichki 
C) tashqi, o'rta va oraliq D) tashqi, o'rta va ichki 
6. …… quloq quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan 
iborat 
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq 
7. Nima tovush to‘l qinlarini kuchaytiradi va eshitish 
yo‘liga yo‘naltiradi.
A) nog`ora parda B) quloq suprasi C) eshitish yo`li D) 
chig`anoq 
8. …….. quloq nog
`
ora parda bilan tugaydi 
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq 
9. …….. bo‘shlig‘ida o‘zaro ketma-ket birikkan uchta 
eshitish suyakchalari: bolg‘acha, sandoncha va 
uzangicha joylashgan.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq 
10. Suyakchalarning birinchisi - bolg‘acha (a) 
yopishgan. Ikkinchi suyakcha - sandonchaning bir 
tomoni (b) dastasiga, ikkinchi tomoni (c) yuqori 
qismiga tutashgan. Uchinchi suyakcha - uzangichaning 
yuqori qismi (d), kengaygan ikkinchi uchi ichki 
quloqning oval teshikchasini yopib turadigan elastik 
pardaga yopishgan.
A) a- nog
`
ora parda b- bolg‘acha c- uzangichaning d- 
sandonchaga 
B) a- bolg‘acha b- nog
`
ora parda c- uzangichaning d- 
sandonchaga 
C) a- nog
`
ora parda b- bolg‘acha c- sandonchaga d- 
uzangichaning
D) a- nog
`
ora parda c- bolg‘achabc- uzangichaning d- 
sandonchaga 
11. Qaysi qism eshitish naychasi orqali halqum bilan 
tutashgan. 
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq 
12. Qaysi qism bo'shliq, yarimdoira kanalchalar va 
chig‘anoqdan iborat.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq 
13. Qaysi qismda tashqi tomondan suyak labirint, uning 
ichida parda labirint bo`ladi.
A) tashqi, B) o'rta C) ichki D) oraliq 
14. Suyak va parda labirint orasida (a) suyuqligi, parda 
labirint ichida esa (b) suyuqligi bo'ladi.
A) b- perilimfa a- perilimfa B) a,b - perilimfa 
C) a- endolimfa b- perilimfa D) a- perilimfa b- 
endolimfa 
15….. suyuqligida eshitish retseptorlari joylashgan. 
A) perilimfa B) endolimfa 
C) hammasi D) perilimfa va endolimfa 
16. Tovush to'lqinlari tashqi quloqning eshitish yo‘li 
orqali o‘tib, (1), so‘ngra o‘rta quloq (2) tebratadi. (3) 
tovushni ichki quloqning oval teshikchasiga o‘tkazadi. 
Tovush to‘lqinlari (4)quloq suyuqligiga ham o'tadi 
Tovush tebranishlarini (5) quloq retseptorlari nerv 
impulslariga aylantiradi. Impulslar eshitish nervlari 


Telegram kanalimiz 
https://t.me/Yazdanov_biologiya
a’zo bo’lishni unutmang 
You tube kanalimiz Perfect Biology and Chemistry a’zo bo’lishni unutmang 
orqali miya yarimsharlarining (6) qismidagi eshitish 
markaziga o‘tadi. Bu yerda tovushning xususiyati, 
kuchi va balandligi tahlil qilinadi. 
A) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 
4- ichki 5- o`rta 6- chakka 
B) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 
4- ichki 5- ichki 6- chakka 
C) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 
4- o`rta 5- ichki 6- chakka 
D) 1- nog‘ora pardani 2- suyakchalarini 3- Suyakchalar 
4- o`rta 5- o`rta 6- chakka 
17. Tashqi quloqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)quloq 
suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat 2)yevstaxiy 
naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan 
3)bo'shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, 
ya'ni suyak labirintdan iborat 4)oxirida biriktiruvchi 
to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora 
parda bor 5)bir -biri bilan ketma-ket birikkan uchta 
eshitish suyakchalari bor 6)suyak labirintda chig'anoq 
bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni 
eshitish retseptorlari joylashgan
A)3,6 B)2,5 C)1,4 D)barchasi
18.O'rta quloqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)quloq 
suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat 2)yevstaxiy 
naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan 
3)bo'shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, 
ya'ni suyak labirintdan iborat 4)oxirida biriktiruvchi 
to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora 
parda bor 5)bir -biri bilan ketma-ket birikkan uchta 
eshitish suyakchalari bor 6)suyak labirintda chig'anoq 
bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni 
eshitish retseptorlari joylashgan
A)1,4 B)2,5 C)3,6 D)barchasi
19.Ichki quloqa xos xususiyatlarni aniqlang. 1)quloq 
suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat 2)yevstaxiy 
naychasi yordamida burun-halqumga tutashgan 
3)bo'shliq va yarim doira kanalchalar sistemasidan, 
ya'ni suyak labirintdan iborat 4)oxirida biriktiruvchi 
to'qimadan tashkil topgan 0,1 mm qalinlikdagi nog'ora 
parda bor 5)bir -biri bilan ketma-ket birikkan uchta 
eshitish suyakchalari bor 6)suyak labirintda chig'anoq 
bo'lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni 
eshitish retseptorlari joylashgan 7)vestibular analizator 
retseptorlari joylashgan
A)1,4 B)2,5,6 C)3,6,7 D)barchasi
20.Quloqning qisimlari va ularning vazifalarini juftlab 
ko'rsating. a)tashqi quloq b)o'rta quloq d)ichki quloq 
1)nog'ora parda tovush ta'sirida tebranib, uning 
tebranishi eshitish suyakchalari orqali perilimfa va 
endolimfa suyuqliklarini to'lqinlantiradi 2)tovush 
to'lqinlarini to'plab, quloqning tashqi yo'liga yo'naltiradi 
3)perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to'lqinlanishi 
chig'anoq ichidagi eshitish retseptorlarni qo'zg'atadi.
A)a-2; b-1; d-3 B)a-2; b-3; d-1 C)a-1; b-3; d-2 D)a-3; b-
2; d-1

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin