29-bob. Madina, Shom va Mashriq ahlining qiblasi; qibla na mashriqda va na mag‘ribda Abu Ayyub raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qazoi hojatga
borsangiz, qiblaga yuzlanib yoki qiblaga orqa qilib o‘tirmangiz, balki mashriqqa qarab
o‘tiringiz yokim mag‘ribga qarab o‘tiringiz! deb aytganlar»,— deydilar. Abu Ayyub yana
bunday deydilar: «Shomga keldik, tahoratxona qiblaga qaratib qurilgan erkan. Sal
burilib o‘tirdik-da, Ollohga istig‘for aytdik».
30-bob. Olloh taolo: «Maqomi Ibroximda namoz o‘qingiz!»—deydir Amr ibn Dinor aytganlar: «Ibn Umardan kishi Baytullohni tavof qilsa-yu, Safo va Marva
oralig‘ida yugurmasa, xotinini jimo’ qilmog‘i joizmi?» — deb so‘radik. Ibn Umar:
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib yetti marta Ka’bani tavof qildilar. Maqomi
Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, Safo va Maryu oralig‘ida yugurdilar. Bu
borada siz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yaxshi ibrat olmog‘ingiz kerak
erdi»,— dedilar. Jobir ibn Abdullohdan (shu haqda) so‘rasak: «Safo va Marva o‘rtasini
tavof qilmaguncha, xotinga yaqinlashilmaydir»,— dedilar».
Sayf raziyallohu anhu quyidagi hadisni Mujohiddan eshitdim dedilar: «Ibn Umar
huzurlariga kelib, «Ana, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirib ketdilar»,—
deyishdi. Men borsam, Janob Rasululloh Ka’badan chiqqan erkanlar, Bilol ersa Ka’ba
eshiklari oralig‘ida turgan erkan. Biloldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba
ichida namoz o‘qidilarmi?» — deb so‘radim. Bilol: «Ha, kiraverishdagi ikki ustunning o‘ng
tomonida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng turib Ka’baga qarab yana ikki rak’at namoz
o‘qidilar»,— dedi».
31-bob. Qayerda bo‘lsa ham qiblaga qarab namoz o‘qimoq kerak Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam: «Qaerda bo‘lsang
ham, qiblaga qarab takbir aytg‘il! — deganlar»,— deydilar.
Al-Barro ibn Ozib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Bayt ul-Muqaddasga
qarab 16 yoki 17 oy namoz o‘qigan erdilar. Aslida Rasulullah sallallohu alayhi va sallam
Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni yaxshi ko‘rar erdilar. Olloh taolo Rasulullohga «Yuzingni
bir Ka’baga, bir osmonga qaratayotganingni ko‘rib turibmiz» degan oyatini nozil qildi va:
«Odamlarning eng aqlsizi yaxudiylardir. Ularni ilgarigi qiblani o‘zgartirmoqqa ne majbur
qilmishdir? Sen: «Mag‘ribu Mashriq ham Ollohnikidir, u o‘zi xohlagan bandasiga to‘g‘ri
yo‘l ko‘rsatg‘usidir, deb aytgil!» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga
bir kishi namoz o‘qidi, keyin u asr namozini Bayt ul-Muqaddasga qarab o‘qiyotgan bir