101-bob. Namoz o‘qiyotgan odamning oldidan o‘tuvchi kishining gunohi Abdulloh ibn Yusuf quyidagi hadisni aytib berdilar: «Zayd ibn Xolid Umar ibn
Ubaydullohning quli Abunnazrni «Namoz o‘quvchilar oldidan o‘tuvchilar to‘g‘risida Abu
Juhaym Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan nimalar eshitgan erkan, bilib kelg‘il!»
— deb yubordi. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Namoz o‘qiyotgan odam
oldidan o‘tg‘uvchilar nechuk gunoh qilayotganlarini bilganlarida erdi, namozxonning
oldidan kesib o‘tmay, yaxshisi qirq (kun, oy, yil?) to‘xtab, kutib turgan bo‘lur erdilar»
degandilar» — debdi Abu Juhaym.
Abunnazr: «O’shanda, qirq qun, deb edilarmi, qirq oy yokim qirq yil, deb edilarmi,
esimda yo‘q»,— deydir».
102-bob. Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoq Usmon Zunnurayn namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasiga kelib turmoqni makruh
hisobladilar. Darhaqiqat, bu namozxonning ko‘nglini buzsa yokim fikrini bo‘lsa,
makruhdir, ammo aksincha bo‘lsa, zarari yo‘qdir.
Zayd ibn Sobit: «Men bunga parvo qilmaydirman, namoz o‘qiyotgan erkak kishining
ro‘parasiga erkak kishining kelib turmog‘i, namozni buzmaydir» — deydilar.
Oisha onamiz haqlarida rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning huzurlarida namozni
buzadirgan narsalar haqida suhbat borardi. Sahobalar: «Namozni namozxonning oldidan
it, eshak va ayolning o‘tmog‘i buzg‘aydir» deyishdi. Oisha onamiz: «Bizni itga
tenglashtirdingizmi?! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men qibla tomonda
o‘rindiqda yonboshlab yotganimda kelib, namoz o‘qiy boshlar erdilar. U kishining qibla
taraflarida uzala tushib yotmoqni o‘zimga ep ko‘rmay, sekingina o‘rnimdan sug‘urilib
chiqib ketar erdim»,— dedilar».
103-bob. Uxlayotgan odamning orqa tomonida namoz o‘qimoq Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qir
erdilar, men u kishining o‘rinlarida qiblaga ko‘ndalang holda yotardim. Vitr o‘qimoqchi
bo‘lganlarida meni uyg‘otar erdilar. U kishi birlan vitr o‘qir erdim».