Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
133
qilur erdi. Bir ko‘ni u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, (goh)
kecha qorong‘i bo‘lg‘aydir, (goh) sel bo‘lg‘aydir, men ersam ko‘zi ojiz odamdirimen,
mening uyimga borib bir joyda namoz o‘qib beringiz, o‘shal
yerni namozgoh qilib
olayin»,—dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning uyiga kelib: «Qaerda o‘qib
bermog‘imni istaydirsen?» — dedilar. Ul bir joyni ko‘rsatdi. Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam o‘shal joyda namoz o‘qib berdilar».
41-bob. Imom jum’a kuni, yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lsa, hozir bo‘lganlar bilan
namoz o‘qib, xutba aytadirmi?
Abdulloh ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos yomg‘ir yog‘ib, loygarchilik bo‘lgan kuni
bizga xutba aytdilar, so‘ng muazzinga azonning «Hayya alas-salot» degan joyiga
kelganda «namozni joy-joyingizda o‘qiyveringiz», deb aytmakni buyurdilar.
Hozir
bo‘lganlar bu gap yoqmagandek bir-birlariga qarab qo‘yishdi. Shunda Ibn Abbos: «Sizlar
bu gapni yoqtirmadingiz shekilli. Bu gapni mendan yaxshiroq kishi, ya’ni Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam aytgandirlar. Ul kishi shundoq qilmoqni buyurgandirlar. Men
sizlarni mashaqqatga qo‘ymoqni xohlamadim»,— dedilar». Boshqa bir hadisda Ibn
Abbos: «Men sizlarni gunohkor qilmakni xohlamadim, sizlar
tizzangizdan loy kechib
kelgan bo‘lur erdingiz, deb aytgandi»,— deyiladi.
Abu Salamadan naql qiladirlar: «Abu Sa’id al-Xudriydan Laylat ul-Qadr to‘g‘risida
so‘radim. Ul kishi: «Bir bulut kelib, masjidning ustiga yomg‘ir yogdi. Masjidning tomiga
xurmo
shoxlari yopilgan erdi, yomg‘ir shipdan o‘tib ketdi. Namozga takbir aytildi.
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jiqqa loy ustida sajda qilayotganlarini,
hatto peshonalariga loy ham tekkanini ko‘rdim»,— dedilar».
Anas ibn Sirin rivoyat qiladirlar: «Ansoriylardan bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamga: «Yo Rasululloh, men siz birlan birga namoz o‘qiy olmasmen»,— dedi. Ul
semiz, yo‘g‘on kishi erdi. Rasululloh sallallohu alayhi
va sallamni ovqat tayyorlab, uyiga
chaqirdi. Suv sepib, tozalab bir bo‘yrani taglariga solib berdi. Bo‘yra ustida Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qidilar».
Oluljorudlik bir kishi Anasga: «Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam choshgoh namozini
o‘qir erdilarmi?» — dedi. Anas: «O’qiganlarini faqat o‘shal kuni ko‘rdim»,— dedilar.
Dostları ilə paylaş: