Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilyr: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar
(kechki) ovqatingizni oldingizga olib kelib qo‘yg‘aydirlar-u, namoz vaqti bo‘lib qolg‘aydir,
avval ovqatni yeb olingiz, shoshmasdan, to‘yib yeb olingiz»,— deganlar».
Ibn Umar
oldilariga ovqat qo‘yilsa-yu, namozga takbir aytilsa, ovqatni to‘yib yeb olmagunlaricha
namozga kelmas erdilar. Imomning qiroatini eshitib tursalar
ham ovqatlanishda davom
etardilar.
Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz ovqat
ustida bo‘lg‘aydirsiz-u, namozga takbir aytilg‘aydir,
nafsingiz ovqatga qonguncha
namozga shoshilmangiz»,— deganlar».
43-bob. Imomning qo‘lida yegulik narsa bo‘lsa-yu, namozga chaqirilsa...
Ja’far ibn Amr otalari Amr ibn Umayyadan eshitganlarini rivoyat qiladirlar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam qo‘yning qo‘l go‘shtini kesib yeyayotganlarini ko‘rdim. Shunda
namozga chaqirildi. O’rinlaridan turdilar, pichoqni tashlab,
tahorat olmay namoz
o‘qidilar».
44-bob. Kimki uyida bir zarur ish qilib turgan bo‘lsa-yu, namozga takbir aytilsa,
Dostları ilə paylaş: