110-bob. «Omin» demoqning fazilati Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Sizlar «omin» desangiz-u, osmonda maloikalar ham siz birlan barobar «omin» desalar,
qilgan gunohlaringiz mag‘firat etilg‘aydir»,— deganlar».
111-bob. Namozxonlarning ovoz chiqarib «omin» demog‘i Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Imom «G’ayril magzubi alayhim valazzollin» desa, «omin» deb aytingiz! Chunkim
kimning «omin»i farishtalarning «omin»iga to‘g‘ri kelib qolg‘aydir, qilgan gunohlari
kechirilg‘aydir»,— deganlar».
112-bob. Namozxon safga kirmasdan avval ruku’ qilsa, joizmi? Muso ibn Ismoil rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku’
qilib turganlarida, masjidga yetib keldi, so‘ng safga yetmasdan avval ruku’ qildi, keyin
bu qilmishini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytdi. Janob Rasululloh sallallohu
aylahi va sallam: «Olloh taolo namozga ixlosmandligingizni ziyoda qilsin, boshqa bunday
qilmangiz!»—dedilar (boshqa bir rivoyatda «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
unga: «Namozga kelsangiz, safga kirib, so‘ng ruku’ qilingiz! deganlar»,— deyiladi).
113-bob. Ruku’da takbirni to‘liq aytmoq Imron ibn Husayn rivoyat qiladirlar: «Hazrat Ali birlan birga Basrada namoz o‘qidik.
Hazrat Ali Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘qib yurgan namozimizni
eslatib, «Ul kishi har gal sajdadan bosh ko‘targanlarida va har gal sajda qilganlarida
takbir aytar erdilar»,— dedilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida
gapirayotib: «Ul zot namozda sahobalarga imomlik qilsalar, har sajdaga borganlarida va
har sajdadan bosh ko‘targanlarida takbir aytar erdilar, men hammangizdan ko‘ra
ko‘proq Janob Rasulullohga o‘xshatib namoz o‘qiydirman»,— dedilar.