www.ziyouz.com kutubxonasi
161
hammasini tilag‘aydir. Olloh taolo unga: «Bu ham sengadir, u ham sengadir»,— deb
yana qancha narsalarni aytg‘aydir».
128-bob. Namozxon sajdada bilagining ich tarafini ko‘rsatib, qornini sonidan uzoqlashtirib turadir Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qisalar, (sajdada)
tirsaklarini biqinlaridan uzoqroq tutar erdilar, hattoki qo‘ltiqlarining oppoqligi ham
ko‘rinib turar erdi»,— deydilar.
129-bob. Namozxon oyoq panjalari uchini qiblaga qaratg‘aydir Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deb aytganlar»,—
deydilar.
130-bob. Namozxon sajdani to‘liq qilmasa... Huzayfa bir kishining chala ruku’ va sajda qilayotganini ko‘rib, namozni tugatgach:
«Namoz o‘qimading!—dedi. Abu Voil: «Nazarimda, «Agar o‘lsang, Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam maslagidan boshqa yo‘lda o‘lgan bo‘lursen, deb ham aytgandi»,—
deydilar.
131-bob. Tananing yettita a’zosi bilan sajda qilmoq Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yettita
a’zosi birlan sajda qilmoqni buyurib, sochni orqaga taramoqni hamda kiyimni (etag‘i,
yengi, pochasi va boshqani) buklamoqni man’ qildilar. O’sha yettita a’zo: peshona, 2
qo‘l, 2 tizza va 2 oyoqdir».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sochni orqaga
taramay va kiyimni orqaga qaytarmay, yetti a’zo birlan sajda qilmoqqa buyurildik»,—
deydilar».
Barro ibn Ozib (u yolg‘on so‘zlamaydir) rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamga iqtido qilib namoz o‘qir erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
«Sami’allohu liman hamidahu» deganlarida to sajdaga boshlarini qo‘ymagunlaricha
birontamiz belni egmas erdik».
132-bob. Burni bilan sajda qilmoq Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «7 a’zo birlan
— peshona (qo‘llari birlan burunlarini ko‘rsatdilar), 2 qo‘l, 2 tizza va 2 oyoq uchi birlan
sajda qilmoqqa hamda sochni orqaga taramaslikka va kiyimni orqaga qaytarmaslikki
buyurildim»,— dedilar».