145-bob. Dastlabki tashahhudga o‘tirmoq Abdulloh ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz birlan
peshin namozini o‘qidilar. (Ikkinchi rak’atdan keyin) tashahhudga o‘tirishlari lozim bo‘la
turib, turib ketdilar. Namoz tugagach, o‘tirgan hollarida ikki marta sajda qildilar».
146-bob. Oxirgi tashahhudga o‘tirmoqning vojibligi Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga iqtido
qilib namoz o‘qiganimizda: «Jabroil va Mikoilga salom, falonchi va pistonchiga salom»,—
deb aytardik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Olloh taoloning
ismlaridan biri — salomdir. Qaysi biringiz namoz o‘qig‘aydirsiz, «Barcha madhu
olqishlarimiz, toat-ibodatu ezgu amallarimiz Olloh taologa munosibdir, ey payg‘ambar
alayhissalom, sizga Olloh taoloning salomi, rahmati va barakoti bo‘lsin, bizga hamda
hamma solih bandalarga ersa Olloh taoloning salomi bo‘lsin!»—deb aytingiz. Agar
shundoq (hamma solih bandalarga) desangiz, yeru ko‘kdagi hamma solih bandalarga
savobi tekkaydir»,— der erdilar. (Duoning davomi): «Ollohdan boshqa iloh yo‘q, deb
guvohlik berg‘aydirmen, shuningdek Muhammad Ollohning bandasi hamda bizga
yuborgan elchisidir, deb ham guvohlik berg‘aydirmen».
147-bob. Namozda salom berishdan avval duo o‘qimoq Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda
«Ollohumma inniy a’uzu bika min azobi qabrin va a’uzu bika min fitnat-il-Masihi-d-
Dajjoli va a’uzu bika min fitnat-il-mahyo va fitnat-il-mamoti, Ollohumma inniy a’uzu bika
min-al-ma’sami va-l-mag‘rami» degan duoni o‘qir erdilar (Duoning ma’nosi: «Ilohi, meni
qabr azobidan, Dajjol fitnasidan saqlag‘il, tiriklikdayu o‘lim oldida bo‘ladigan fitnalardan
asrag‘il! Ilohi, meni gunohkor va kishilardan qarzdor bo‘lmoqdan o‘zing asrag‘il!»).
Shunda bir kishi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Nechun muncha, qarzdor
qnlib qo‘ymag‘il, deb iltijo qilursiz?» — dedi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Agar kishi to‘layolmaydigan darajada qarzdor bo‘lib qolg‘aydir, doimo yolg‘on
gapirg‘aydir, va’da qilsa, ustidan chiqmagaydir»,— dedilar».
Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz oxirida Dajjol
fitnasidan asramoqni Ollohdan iltijo qilganlarini eshitdim»,— deydilar.
Abu Bakr Siddiq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: Namozda o‘qiydirgan bir duo
o‘rgating»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: . «Ilohi, men o‘z jonimga
ko‘p zulm qildim, (bunday) gunohlarni sendan boshqa hech kim kechira olmag‘aydir,
faqat o‘zing kechira olg‘aydirsan. Ilohi, fazlu marhamatingni darig‘ tutmay, meni
mag‘firat qilg‘aysen, mendan rahmatingni ayamagaysen, Sen gunohlarni kechirg‘uvchi
va bandalarni mag‘firat qiluvchi zotdirsen! degan duoni o‘qig‘il!» — dedilar. Mazkur
duoning arabchasi: «Ollohumma inniy zalamtu nafsiy zulman kasiro va lo yag‘firu-z-
zunuba illo anta, fag‘firliy mag‘firatan min indika varhamniy, innaka ant-al-g‘afurur-
rahiym».