33-bob. Imomning xutba aytayotib qo‘llarini ko‘tarib duo qilmog‘i Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum’a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam xutba aytib turgan erdilar, birdan bir kishi o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, yilqilar
halok bo‘ldi, qo‘ylar halok bo‘ldi. Olloh taolodan bizga yomg‘ir so‘rab beringiz!»- dedi.
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qildilar».
34-bob. Jum’a kuni xutbada yomg‘ir so‘ramoq Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida
qurg‘oqchilik bo‘ldi. Jum’a kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib
turgan erdilar, bir badaviy o‘rnidan turib: «Yo Rasululloh, mol-hollar halok bo‘ldi, bola-
chaqalar och qoldi. Olloh taolodan bizga yomgir so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam qo‘llarini ko‘tarib duo qila boshladilar, osmonda esa bir parcha
ham bulut ko‘rinmasdi. Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamyod etib ayturmenkim,
qo‘llarini duodan tushirmasdanoq osmonni tog‘dek-tog‘dek bulut bosdi. Keyin, Janob
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbardan tushib ulgurmaslaridan soqollaridan
yomg‘ir tomchilari tomayotganini ko‘rdim. O’sha kuni, uning ertasi va indiniga ham
yomg‘ir yog‘ib, hatto keyingi jum’agacha davom etdi. Keyingi jum’ada o‘sha yoki boshqa
bir badaviy: «Yo Rasululloh, binolar bosib qolyapti, mol-hollar g‘arq bo‘layotir, Olloh
taolodan bizga yomg‘irni to‘xtatmakni so‘rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam duoga qo‘llarini ko‘tarib: «Ilohi, ustimizga ermas, atrofimizga yomg‘ir
yog‘dirg‘il!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo‘llari birlan qaysi tomonga
ishora qilsalar, o‘sha tomonning bulutlari tarqab ketar erdi. Nihoyat, Madinai Munavvara
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
182
osmoni doira shaklida ochildi. Yomg‘ir ersa, vodiyga bir oy yog‘di. O’sha tomondan kim
kelmasin, ko‘p yomg‘ir yog‘ayotgani haqida gapirar erdi».