Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari shishib ketguncha



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/490
tarix27.11.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#120006
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   490
Imom al-Buxoriy. Al-Jome as-sahih. 1-jild

5-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oyoqlari shishib ketguncha 
nafl o‘qiganlari 
Oisha onamiz: «Hatto oyoqlari yorilib ketar erdi»,— degandilar. 
Mug‘iyra ibn Shu’ba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam kechasi turib namoz o‘qir erdilar, hatto (ruku’, sajda qilaverib), oyoqlari (yokim 
boldirlari) shishib ketar erdi. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Axir, 
sizning butun gunohlaringizni Olloh afv qilgan-ku!» - deyishdi. Shunda Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Shukr qilguvchi banda bo‘lmayinmi?»-dedilar». 
6-bob. Saharda (turmay) uxlagan kishi haqida 
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallam (bir kuni 
menga) bunday degandilar: «Olloh taologa ko‘proq Dovud alayhissalomning namoz 
o‘qimaklari va ro‘za tutmaklari yoqar erdi, Dovud alayhissalom yarim kechagacha uxlar 
erdilar. Kechaning 1/3 qismida ibodat qilar erdilar va 1/6 qismida uxlar erdilar. Kunora 
ro‘za tutar erdilar». 
Masruq raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam nima 
qilmoqni yaxshi ko‘rar erdilar?» -deb Oisha onamizdan so‘radim. «Doimiy ibodatni»,- 
dedilar. «Qachon turib namoz o‘qir erdilar?»-dedim. «Xo‘roz qichqirganda»,- dedilar». 
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
xo‘rozning birinchi qichqirig‘ini eshitiboq turib namoz o‘qir erdilar». 
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramda 
yotib qolgan kunlari biror marta ham turib saharni qarshi olgan ermaslar». 
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir kecha Rasululloh birlan 
birga namoz o‘qidim. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qiyomda uzoq turib 
qolganlaridan hatto niyatim buzildi»,- dedim Abu Voilga. «Ne qilmoqchi bo‘ldingiz?» - 
deb so‘radi Abu Voil. «Rasulullohni qiyomda qoldirib, o‘zim o‘tirib olsammikin, degan 
xayolga bordim, dedim». 
Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
kechasi tahajjud namoziga tursalar, og‘izlarini misvok birlan tozalar erdilar». 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   490




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin