Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
248
Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam bir kunni belgilab, xotinlarga va’z aytdilar: «Qaysi
bir xotinning uch bolasi o‘lsa, o‘shal bolalari uni parda bo‘lib do‘zax o‘tidan to‘sib
turishg‘aydir»,-dedilar. Bir xotin: «Ikkita bolasi o‘lgan bo‘lsa-chi?» - deb so‘radi,
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikkita bo‘lsa, ham»,-dedilar. Abu Hurayra
raziyallohu anhu: «Agar norasida bolalari o‘lgan bo‘lsa, deganlar»,- deydilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Ilohi, birorta musulmonning uchta bolasi o‘lmasin! Mobodo, uchta bolasi o‘lgan
musulmon do‘zaxga tushsa ham birrov kirib chiqg‘aydir, xolos (Olloh taoloning:
«Orangizda do‘zaxga kirmaydiganingiz bo‘lmag‘aydir» degan so‘ziga binoan)»,- dedilar».
7-bob. Qabr ustida yig‘lab o‘tirgan ayolga «Sabr qilingiz!» degan kishi haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
qabr ustida yig‘lab o‘tirgan bir ayolning yonidan o‘tayotib: «Ollohdan qo‘rqingiz (dod-voy
qilmangiz), sabr qilingiz!»-dedilar».
Dostları ilə paylaş: