Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
o'tgan edi. Devorga osig'liq bir meshdan suv olib, yengil tahorat oldilar.
Keyin turib
namoz o'qiy boshladilar. Ulardan keyin men ham tahorat olib, chap tomonlariga kelib
turdim. Meni o'ng tomonlariga o'tkazib qo'ydilar, keyin
Olloh xohlagancha namoz
o'qidilar, keyin yonboshladilar, hatto pishillagan ovozlari ham eshitildi. Keyin muazzin
kelib, azon aytdi va birgalikda namoz o'qishdi. Janob Rasululloh (bu gal) tahorat
olmadilar. Amr ibn Dinor :"Odamlar Janob Rasulullohning ko'zlari
uxlaydi-yu, lekin dillari
uxlamaydi, deyishadi",-deb bizga aytgandilar. Amr shunday deydilar:"Ubayd ibn
Umar:"Payg'ambarlarning tushlari ham vahiydir",-dedi-da,"Tushimda men seni qurbonlik
qilayotgan ekanman(Ibrohim alayhissalom o'g'illari Ismoil
alayhissalomga shunday
deganlar)" degan oyatni o'qidi".
Dostları ilə paylaş: