Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
330
qurbonlikka atalgan jonlig‘i yo‘q erdi. Shu payt, Ali Yamandan jonliq yetaklab kelib qoldi-
da: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog‘lasalar, men ham o‘shanga
ehrom bog‘lag‘aydirman»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi
va sallam sahobalarga
katta haj o‘rniga umra qilmoqni, sochlarini kalta qilmoqni hamda jonliq yetaklab
kelganlardan tashqari hammaga ehromini yechmoqni amr qildilar. Shunda sahobalar:
«Minoga borg‘aymizmi? Ba’zi birimizning zakarimizdan maniy tomib turibdir-ku?!»-
deyishdi. Bu gap Janob Rasulullohning quloqlariga yetgach: «Men keyinga surgan
ishimni oldin qilmoqchi bo‘lganimda, jonliq olib kelmagan bo‘lar erdim, jonlig‘im
bo‘lmaganda erdi, men ham ehromimni yechgan bo‘lar erdim»,- dedilar. Oisha onamiz
hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, barcha
haj udumlarini ado etdilar, lekin faqat Ka’bani tavof
aylamadilar, uni poklanganlaridan keyin tavof qildilar. Oishaonamiz: «YoRasululloh,
sizlar haj birlan umra qildingizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- deganlarida,
Janob Rasululloh: «Ukang Abdurrahmon birlan Tan’imga borib, umra qilib kelg‘il!»-
dedilar. Shunda, Oisha onamiz hajdan keyin umra qilib qaytdilar».
Hafsa aytadirlar: «Biz joriyalarimizni uydan tashqariga chiqarmas erdik.
Bir kuni bir ayol
Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi. U singlisining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
sahobalaridan birining xotini ekanligini, uning eri Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
birlan birga o‘n ikki marta g‘azot qilganligini, shu g‘azotlarda singlisi
ham eri birlan birga
ishtirok etib, yaradorlarni davolaganini aytdi. «Singlim,- dedi boyagi ayol,- Janob
Rasulullohdan: «Agar birortamizning yoping‘ichimiz bo‘lmasa-yu, hayit namoziga
chiqolmay qolsak, gunoh bo‘lmag‘aydirmi?»-deb so‘raganida, ul kishi: «Dugonasining
yoping‘ichlaridan birini olib tursin,
xayrli ishdan qolmasin, mo‘‘minlar birlan birga chiqib,
duo aytsin!» - debdirlar, Boyagi xotin (Ummu Atiyya) kelganida: «Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam falon narsalar to‘g‘risida ne deganlar,
eshitganmisiz, deb so‘rashdi
ayollar, Shunda u: «Ha, otam haqqi-hurmati (u, Janob Rasulullohning nomlarini tilga
olganda, ko‘pincha «otam haqqi hurmati» deb qo‘yardi), eshitganman. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham namozga chiqmoqni
buyurar erdilar»,- dedi. «Hayz ko‘rgan xotinlarga hammi?»-deb so‘radim. Shunda u:
«Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga chiqmag‘aydirmi? Yoki falon, yo piston
qilmag‘aydirmi?»-deya haj udumlarini sanay ketdi».
Dostları ilə paylaş: