31-bob. Tahoratni va g‘uslni o‘ng tomondan boshlamoq Ummu Atiyya raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ummu Atiyya
va uning yonidagi ayollarga qizlari Zaynabning jasadini yuvishni «O’ng tomondan va
tahoratda yuviladigan joylardan boshlangiz!» — deganlar».
Oisha raziyallohu anhodan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam har narsani o‘ngdan
boshlashni yaxshi ko‘rardilar: poyabzal kiyishni ham, soch-soqol tarashni ham, tahorat
olishni ham va boshqa barcha ishlarni ham».
32-bob. Namoz vaqti yaqinlashganda tahoratga suv so‘ramoq Oisha raziyallohu anhodan: «(Safarda) bomdod namozini o‘qiydigan vaqt kelganda
tahorat uchun suv qidirildi, topilmadi, shundan so‘ng tayammum qilmoqlikka oyat nozil
bo‘ldi».
Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozi asr
vaqti yaqinlashganda odamlardan tahorat uchun suv so‘radilar. Suv keltirishgach,
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘llarini idish og‘ziga qo‘yib, engashtirdilar-da,
odamlarga tahorat olmoqni buyurdilar. Anas: «Janob Rasulullohning panjalari ostidan
suv silqib tushayotganini ko‘rdim, o‘sha suvdan hatto oxirgi odamgacha tahorat oldi»,—
deydilar.
33-bob. Inson sochi yuvilgan suvning hukmi (halol yo haromligi) Ato ibn Abu Raboh: «Sochdan arqon yoki ip qilmoqning zarari yo‘q»,— der edilar. Itdan
qolgan sarqitning (it tekkan narsaning) hukmi va itning masjiddan o‘tishining hukmi: Az-
Zuhriy: «Agar idishdagi suvga it tegsa-yu, tahorat olmoq uchun undan boshqa suv
bo‘lmasa, o‘sha suv bilan tahorat olsa bo‘ladi»,— deydilar. Sufyon as-Savriy: «Mana bu
hukm Qur’oni Karimdan olingan bo‘lib, Alloh taolo aytgan: «Suv topmasangiz,
tayammum qilingiz, bu suvdir va (itning) nafasida bir (zararli) narsa bordir»,— deydilar.
Ibn Osimdan: «Ubaydaga dedim: «Bizda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
sochlari bor. Uni Anas yoki u kishining uyidagilari orqali olishga muyassar bo‘ldik. Menda
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bir tola sochlarining borligi dunyo va undagi
bor narsalar meniki bo‘lib qolganidan ham sevinchliroqdir».
Anas raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (Hajjat ul-Vido’da)
sochlarini oldirayotganlarida birinchi bo‘lib sochlaridan olgan kishi Abu Talha edilar».