Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
47
yeganlarini,
namozga chaqirilgach esa, pichoqni qo‘yib, tahorat olmay namoz
o‘qiganlarini ko‘rganlar»,— deganlar.
53-bob. Talqon yegandan keyin og‘iz chayqashlik va tahorat olmaslik xususida
Bashir ibn Yasorga Suvayt ibn Nu’mon bunday degan ekanlar: «Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam bilan birga safarga chiqdim. Xaybar jangi ketayotgan yil edi. Sahbo’
(Xaybarga yaqin joy) degan yerga borganimizda Rasululloh asr o‘qidilar.
Keyin ovqat
keltirmoqni buyurdilar. Ovqatga talqon keltirildi, uni ho‘llashni buyurdilar, ho‘llashgach,
yedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga biz ham yedik.
Keyin shomga
hozirlik ko‘ra boshladilar. Og‘iz chayqadilar, biz ham og‘iz chayqadik.
Keyin tahorat
olmay, namoz o‘qidilar».
Maymuna raziyallohu anho: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam mening yonimda
o‘tirib qo‘yning qo‘lini yedilar.
Keyin tahorat olmay, namoz o‘qidilar»,— deganlar.
54-bob. Sut ichganda og‘iz chayqash lozimmi?
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sut ichdilar. So‘ng,
«sutda yog‘ bor» deb, og‘iz chayqadilar»,—deganlar.
Dostları ilə paylaş: